Moliya
135
stavkasini ifodalaydi. Biroq hamma aktivlarga ham ma’lum bir
daromadlilik stavkasi xos emas.
Misol uchun, agar Siz ko‘ch-
mas mulkka, aksiyalar va san’at asarlariga kapitalni investitsi-
ya qilayotgan bo‘lsangiz, kelajakda Sizga hech qanday to‘lovlar
kafolatlanmaydi. Endi shu turdagi riskli aktivlar bo‘yicha daro-
madlilik stavkasi qanday o‘lcha nishini ko‘rib chiqaylik.
Agar Siz qandaydir ulushbay qimmatli qog‘ozlarga, mi-
sol uchun oddiy aksiyalarga mablag‘ingizni investitsiya
qilgan bo‘lsangiz, Sizning qo‘ygan kapitalingizga
daromad
(return) ikki manbadan tushadi. Birinchisi –
mazkur qim-
matli qog‘ozlar emitentfirmasi aksionerlarga pul ko‘rinishi
-
da to‘laydigan dividendlar. Mazkur dividend to‘lovlari shart-
nomada keltirilmaydi va shunga ko‘ra ularni foizli to‘lovlar,
deb bo‘lmaydi. Dividendlar firma
direktorlar kengashining
ixtiyoriga ko‘ra to‘lanadi.
Aksiyador aksiyalarga egalik qilgan vaqt mobaynida ak-
siya bozor kursining o‘sishi aksiya egasi tomonidan kiri-
tilgan kapitalning ikkinchi daromad manbayi hisoblanadi.
Mazkur
turdagi daromadni
Dostları ilə paylaş: