T.S.Malikov, N.H.Haydarov Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa,
iste’mol narx (baho)lari indeksi o‘zgarishiga proporsional
tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa,
daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki his-
siyotga suyangan holda daromadlilikning real stavkasi
bu – nominal foiz stavkasi va inflyatsiya o‘rtasidagi farq,
deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning misolimiz-
da bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda,
bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lsa-da, bu yerda
ayrim holatlarni inobatga olmoq lozim.
Bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning real
stavkasini aniq hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra
Siz tomondan kiritilgan har 100 so‘mga bir yildan so‘ng
108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil etgan
iste’mol savati bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi.
Joriy davrda sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati
tovarlariga qo‘llagan holda Sizning 108 so‘mingiz qanday
real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun
108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak
bo‘ladi, ya’ni 108 so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday
qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol savati o‘rniga o‘zin-
giz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng
1,02857 ekvivalentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra daro-
madlilikning real stavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savat-
ga to‘g‘ri keluvchi kelgusidagi savatlar soni)ni tashkil etadi.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va
inflyatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula
quyidagi ko‘rinishga ega:
1 + D rs = (1 + N fs ) : (1 + I d ). yoki, mos ravishda,
D rs = (N fs