Moliya
149
ligatsiyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa,
kamida AQSh
G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi.
Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani
taklif etarmikan? Agar moliya-kredit muassasasi qarzlar
bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni istasa (asli-
da moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u
haqiqatda investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan nar-
sani taklif etadi. Demak, to‘lamaslik riskidan xoli bo‘lgan,
muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va qarzlar ana
o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik
veksellari daromadli-
ligi stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega.
Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalar-
da pul olish yoki qarz berishga qodir bo‘lsalar, unda ular
foizli arbitraj
208
(interest-rate arbitrage) bilan shug‘ullanish-
lari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda,
ular pulni past-
roq foizli stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga be-
radilar. Tabiiyki, bunday harakatlar masshtabining kenga-
yishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: