Moliya
151
miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi omil ishlab chiqarish vosi-
talari samaradorligi (productivity of capital goods) hisoblana-
di. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalani-
ladigan narsalar
ishlab chiqarish vositalari
hisoblanadi. Shax-
talar, yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, elektrostansiyalar,
zavod-
lar, mashinalar va tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish
vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning
ushbu fizik (moddiy) aspekt
209
i (jihati)dan tashqari “kapital”
tushunchasiga unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi pa-
tent
210
lar, shartnomalar, formulalar, firma nomlari, shuning
-
dek, ishlab chiqarish va ta’minot
struktura
211
si kiradi. Bun-
day ushlab bo‘lmas narsalar (nomoddiy kapitallar) ko‘pincha
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktor
212
lik ishlanmalari va
reklama
213
ga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi.
Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini kiri-
tilgan kapitalning daromadlilik stavkasi (rate
of return on
209
“Aspekt” lotincha “aspectus” – nuqtayi nazar; ko‘rinish. Narsa-hod-
isa, tushuncha va sh.k.ning o‘rganilishiga asos bo‘ladigan nuqtai nazar.
Qarang: o‘sha manba. J.I.– B.109.
210
“Patent” lotincha “patens”, “patentis” – aniq, ochiq. 1. Ixtirochiga
davlat patent
idorasi tomonidan beriladigan, uning o‘z ixtirosiga mu-
allifligi va mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. 2. Savdo-sotiq yoki biror
kasb-hunar bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berilganligi haqidagi hujjat.
Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 237.
211
“Struktura” lotincha “struktura” – tuzilish, bog‘lanish.
Muayyan
narsalarning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqligi. Qa-
rang: o‘sha manba.– B.573-574.
212
“Konstruksiya” – lotincha “constructio” – to‘plash, yig‘ish; tuzilish,
qurilish. Inshoot, mexanizm, asar va sh.k.ning tuzilishi, qismlarining o‘za-
ro
joylashuvi; murakkab tuzilishli inshoot, mexanizm va sh.k.ning o‘zi.
Konstruktor – mashina, mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari
konstruksiyasini,
loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener. Qarang: o‘sha
manba. J.II. – B.401.
213
“Reklama” fransuzcha “reclame”, lotincha “reclamare” – qattiq qich-
qirmoq. 1. Muayyan tovar yoki ko‘rsatiladigan xizmat turlari haqida xari-
dorlarni xabardor qilish, ularga
nisbatan talab, ehtiyojni yuzaga keltirish
yoki kuchaytirish maqsadida ana shu tovar va xizmatlar to‘g‘risida beril-
gan ma’lumot. 2. Biror shaxs, tashkilot, narsani ommalashtirish maqsadi-
da ular haqida ma’lumotlar tarqatish. 3. Shu maqsadda chiqarilgan e’lon,
plakat. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.373-374.