Moliya
161
obligatsiyalar va boshqa aktivlarning (birgalikda ular “in-
vestitsiya portfeli”, deb ataladigan aktivni tashkil etadi-
lar) tashkiliy shakllantirilgan to‘plami o‘zaro fond (mutual
fund), deb ataladi. Bunda har bir mijoz fonddagi har qan-
day daromad taqsimotida o‘zidagi qimmatli qog‘ozlar miqdo-
riga proporsional ravishda ma’lum ulushga ega bo‘lish
huquqini qo‘lga kiritadi va o‘z
ulushini istagan vaqtida bo-
zor bahosida sotishi mumkin.
Bunday fondni boshqaradigan kompaniyahar bir inves-
tor ixtiyorida qancha miqdorda qimmatli qog‘oz borligini va
u fond qoidalariga muvofiq olingan daromadning qancha
qismini qayta investitsiya qilishini nazorat qiladi. O‘zaro
fondlar kapital bo‘linishini, hisob olib borilishini va daro-
mad
qayta investitsiya qilinishini, shuningdek, mablag‘lar
va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun samarali mab
-
lag‘larni ta’minlaydi.
O‘zaro fondlarning ikkita asosiy turi mavjud: ochiq va
yopiq. Ochiq turdagi o‘zaro fondlar o‘zlari emissiya qilgan
aksiyalarni bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi (NAV –
net asset value) bo‘yicha sotish va
sotib olish majburiyatini
o‘z zimmalariga oladilar. NAV ko‘rsatkichini hisoblab chiqish
uchun fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor
qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga
bo‘linadi. Oxirgi ko‘rsatkich ochiq
turdagi fondlarda uning
ishtirokchilari fondning yangi aksiyalarini sotib olishlari va
eskilarini sotishlari sayin har kuni o‘zgarib turadi.
Yopiq turdagi fondlar bir aksiya hisobidan sof aktivlar
bahosi bo‘yicha o‘z aksiyalarini sotmaydilar va emissiya qil-
maydilar. Bunday fondlarning aksiyalari
boshqa oddiy aksi-
yalar singari brokerlar orqali sotiladi va ularning bahosi bir
aksiya hisobidan sof aktivlar bahosidan farq qiladi
228
.
228
Bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyoti sharoit-
ida moliyaviy vositachilarning bir ko‘rinishi sifatida “O‘zaro fondlar”ning
mamlakatimizdagi ahvoliga baho bering. Ularning ko‘lami qanday? “O‘za-
ro fond” nomiga munosib bo‘lgan va mamlakatimizda muvaffaqiyatli tarz-
da faoliyat ko‘rsatayotgan qanday fondlarni bilasiz? O‘zaro
fondlar kapital
bo‘linishini, hisob olib borilishini va daromad qayta investitsiya qilinishini,