T.S.Malikov, N.H.Haydarov 8.9. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar,
qo‘shimcha faoliyat sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni
yig‘ish va tarqatish bilan shug‘ullanishadi
232
. Biroq faoli-
yatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan kompani-
yalar mavjud. Reyting
233
agentliklari axborot xizmatlarini
ko‘rsatuvchi eski kompaniyalardan hisoblanadi. Masalan,
Moody’s va
Standard & Poor’s reyting agentliklari qimmatli
qog‘oz emitentlarining kredit reytingini,
Best’s firmasi esa –
sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslash-
gan. So‘nggi yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi kompani-
yalar doirasida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish
bo‘yicha (masalan,
Bloomberg va
Reuters) yoki turli xil o‘za-
ro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lu-
motlar taqdim etish bo‘yicha (masalan,
Upper, Momingstar va
SEI) firma va bo‘limlar tobora ko‘paymoqda. O‘zbekiston
-
da, jumladan, ko‘proq tijorat banklarining faoliyatini xarak-
terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday firmalar
-
dan biri “Axborreyting”dir.
232
Bu tasdiqqa ishonasizmi va amaliyotimizdan misollar keltira ola-
sizmi?
233
«Reyting» inglizcha «rating» - baho, daraja. 1. Nazorat qilish va baho-
lash usuli va tizimi. 2. Erishilgan yutuqlarning samaradorligi va nufuzini
baholashda raqamlar bilan ifodalanadigan ko‘rsatkich. 3. Jamoatchilik
fikrini o‘rganish yo‘li bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi. Qarang:
o‘sha manba. J.III. –B.373.