9.2. Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari Qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda, uyushgan
birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli
qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyala-
rini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish
maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga
mo‘ljallangan. Ideal
237
holatda shu kabi qoidalar sinchkov-
lik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xara-
jatlari bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular
ko‘pincha yetarlicha erkin xarakterga ega. Shunga qara-
masdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning butunlay
yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir.
9.3. Buxgalteriya hisobi tizimlari Moliyaviy ma’lumotdan samarali foydalanish uchun u
ma’lum bir standart shaklida taqdim etilgan bo‘lishi lozim.
Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan
buxgalteriya hisobi, deyiladi. Buxgalteriya hisobi tizimlari
umumiy moliyaviy tizim infratuzilmasining eng muhim
qismi hisoblanadi. Ma’lumki, dastlab buxgalteriya hisobi
tizimlari moliyaviy bitimlar tuzish jarayonlari evolyutsiya-
si bilan birga parallel
238
ravishda rivojlangan. Arxeologlar
237
«Ideal» fransuzcha «ideal», yunoncha “idea” – g‘oya, tushuncha,
tasavvur; obraz, timsol. 1. Jamiyatning, shaxsning eng oliy maqsadi, eng
yuksak orzu va tilak. 2. Har jihatdan barqamol, mukammal, xayolan orzu
qilinadigan, lekin hali hayotda mavjud bo‘lmagan narsa, hodisa. 3. Olija-
nob, namuna bo‘ladigan, orzu, maqsadga mos, muvofiq keluvchi. Qarang:
o‘sha manba. J. II. – B.173.
238
«Parallel» yunoncha «parallelos» - yonma-yon boruvchi. 1.
Matemati kada: bir tekislikda yotgan va har ikki tomonga davom ettirilganda hech