T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
dir bo‘layotgan bo‘lsa, Sizning IOUgizning risklilik darajasi 
meni unchalik tashvishga solmaydi. Agar Siz katta sum-
mani so‘rayotgan bo‘lsangiz, u holda men Sizning IOUgiz 
to‘lanishini qandaydir moliyaviy institutdan kafolatlanishini 
istardim. Men to‘lovni kredit kartochkasi bilan qabul qil-
gan bo‘lardim. Chunki bu holda menda Sizga kredit kar-
tochkasini bergan bankdan o‘z pulimni olishimga ishonch 
paydo bo‘lar edi. Biroq Siz bilan uzoq muddatli va ishonchli 
xizmat munosabatlariga ega bo‘lmasam yoki Siz mening do-
imiy mijozim bo‘lmasangiz Siz tomondan imzolangan chek-
ni qabul qilishni rad etgan bo‘lur edim.
2.5-nazorat savoli. 
Ko‘pchilik uy xo‘jaliklarining moli
­
yaviy resurslarini birlashtirish usuli mavjud bo‘lmaganda 
amalga oshirish mumkin bo‘lmagan investitsiyani misol qilib 
keltiring.
Javob
: Amalga oshirilishi uchun yirik mablag‘lar zarur 
bo‘lgan har qanday investitsiyalar. Masalan, ko‘prik yoki 
to‘g‘on qurish.
2.6
-
nazorat savoli. 
Ushbu operatsiyada ishtirok etma
­
gan tomonlarni muhim ma’lumot bilan ta’minlovchi moliyaviy 
bitimga misol keltiring.
Javob:
Rivojlangan fond bozorida aksiyalar sotilgan 
yoki sotib olingan har qanday holatda, ushbu qimmatli 
qog‘ozlarni qancha investor ma’qul topgani va sotib olgani 
to‘g‘risida aniqlab olishi mumkin bo‘lishi uchun ma’lumot 
barcha xohlovchilar orasida tarqatiladi.
2.7- nazorat savoli. 
Qachon axloqiy risk muammosi 
mo‘ljallangan biznes-loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ 
olishda Sizga xalaqit berishga qodirligi holatiga misol kelti-
ring. Ushbu muammoni yengishning qanday usullari mavjud?
Javob: 
Agar Siz bankdan yangi venchurlik korxonasini 
tashkil etish uchun pulga bo‘lgan talabingizni 100%ga qa-
noatlantiradigan qarz berishini so‘rasangiz, u Sizga kreditni 
qaytarmaslik riski katta bo‘lganligi uchun rad javobini be-


Moliya
179
radi. Bunday muammoni yechishning bir usuli quyidagi-
cha: bankka kreditni qo‘shimcha ta’minlashni, masalan, 
Sizning biror shaxsiy aktivlaringizni taklif etish mumkin, 
yoki kimdir Siz qarzni qaytarishingizni kafolatlashi lozim.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin