Moliya
173
so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyi-
halarni amalga oshirish uchun qarzga beradi.
REZYUME
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozor-
lar, vositachilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z
ichiga
oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya
va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qa-
rorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksi-
yalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotiluvchi
bozorlar,
shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari
kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli ele-
mentlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan
kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga
oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vosi-
tachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
-
iqtisodiy resurslarni vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari
orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;
-
riskni boshqarish
;
- savdoga imkon beruvchi
kliring va hisob-kitoblarni
amalga oshirish
;
- turli korxonalardagi
egaliklarni bo‘lish va moliyaviy re
surslarni qo‘shish
;
- iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan
qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon be
-
ruvchi
narx (baho) ma’lumoti
bilan ta’minlash;
-
stimullashtirish muammolarini hal etish
usullarini
ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan
ma’lumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilar-
dan biri ikkinchisining nomidan
agent sifatida harakat qil-
gan hollarda yuzaga keladi.
Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish
usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat mo-