T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
2.18-nazorat savoli. 
Qaysi asosiy omillar iqtisodiyotda 
daromadlilik stavkasi darajasini aniqlaydi?
Javob:
• 
ishlab chiqarish vositalari samaradorligi
– shaxta, 
to‘g‘on, yo‘l, ko‘p-rik, zavod, mashina va tovar-material zahi-
ralariga sarflangan mablag‘dan kutilayotgan daromadlilik;
• 
ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan 
noaniqlik darajasi;
• insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – 
kelajak-
da emas, aynan bugun insonlar tovarlar va xizmatlarni 
iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishi;
• 
riskni yoqtirmaslik – 
investitsiya riskini qisqartirish 
maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi 
insonlar soni.
SAVOL VA TOPShIRIQLAR
1. Adam Smitning jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun 
hukumatga nisbatan bozorning “ko‘rinmas qo‘l” usuliga 
ko‘proq rioya etish joiz, degan nuqtayi nazariga rozimisiz?
2. Moliyaviy tizim qanday qilib iqtisodiyot ishonchliligi 
va jamiyatning taraqqiyotiga ko‘maklashadi?
3. Adam Smit (1776-y.) davri bilan solishtirganda, moli-
yaviy tizimning olti funksiyasidan har birini amalga oshi-
rishda samaradorlik qanday oshganligi bo‘yicha misol kelt-
iring.
4. Rivojlangan fond bozori qanday qilib Adam Smit to-
monidan ta’riflangan natijalarni ta’minlaydi? Fond bozorini 
tartibga solish zarurmi? Agar zarur bo‘lsa, unda nega zarur 
va u qanday amalga oshiriladi?
5. Agar qaytari (uzi)lishini hech kim kafolatlay olmasa, 
Siz talabalik qarzini olishning uddasidan chiqarmidingiz?
6. Agar riskni sug‘urtalash imkoniyati mavjud bo‘lma-
ganda, tashqi moliyalashtirish ololmaydigan yangi ish bosh-
lanmalariga misollar keltiring.


Moliya
183
7. Tasavvur qilingki, Siz ko‘chmas mulkka kapital sarf-
layapsiz. Sizning umumiy sarmoyangiz 100 000 dollarni 
tashkil etadi. Siz bu ishga 20 000 dollar o‘z mablag‘ingizni 
sarfladingiz, bankdan 80 000 dollar qarz oldingiz. Ushbu 
venchur korxona bo‘yicha kim risk qiladi va nima uchun?
8. Siz AQShda yashaysiz va bugun Germaniyaga yarim 
yilga sayohatga jo‘namoqchisiz. Hozirgi paytda Siz yevro-
ning qayd qilingan kursi bo‘yicha 1 yevro uchun 0,75 dol-
lardan 6 oydan so‘ng sotib olish uchun opsion olishingiz 
mumkin. Bunday opsion nimasi bilan sug‘urta polisini es-
latadi? 
9. Axloqiy risk muammosi biror loyihani moliyalashti-
rish uchun mablag‘ olishga qanday xalaqit berishi mumkin-
ligi bo‘yicha misol keltiring. Bu muammoni yechish usuli 
bormi?
10. Noqulay tanlov muammosi biror loyihani moli-
yalashtirish uchun mablag‘ olishga qanday xalaqit berishi 
mumkinligi bo‘yicha misol keltiring. Bu muammoni yechish 
usuli bormi?
11. Komitent-komissioner muammosi biror loyihani 
moliyalashtirish uchun mablag‘ olishga qanday xalaqit be-
rishi mumkinligi bo‘yicha misol keltiring. Bu muammoni 
yechish usuli bormi?
12. Nega biror davlatning pochta markalari qog‘oz pullar 
singari samarali to‘lov vositalari kabi xizmat qila olmaydi?
13. Agar men qalbaki dollar bosib chiqarsam va biror 
qimmatbaho tovar yoki xizmat uchun to‘lasam, kim zarar 
ko‘radi?
14. Ba’zi olimlar fikriga ko‘ra kelgusida to‘lov vositasi 
bo‘lib xizmat qiladigan narsa to‘g‘risidagi prognoz (basho-
rat) tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona me-
zon bo‘lib, ushbu to‘lov vositasini ishlab chiqarish va u ning 
haqiqiyligini tekshirish uchun sarflanadigan real resurs 
xarajatlari hisoblanadi. Ushbu fikrga qo‘shilsak, Sizning­
cha, nima kelajak pullari bo‘ladi?


184

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin