T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
15. Hamma hukumatlar o‘z yurtidagi narx (baho) dara-
jasiga muvofiq indekslangan obligatsiyalarni emissiya qilishi 
lozimmi? Agar davlatning qarzi milliy valyuta birligida qayd 
etilgan bo‘lsa, davlat fuqarolari uchun ularning davlat oliy 
xizmatchilariga nisbatan axloqiy risk muammosi mavjudmi?
16. Sizning davlatingizdagi oliy ta’limni moliyalashtirish 
tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo‘jaliklari, 
ko‘ngilli notijorat tashkilotlari, shaxsiy firmalar va hukumat 
qanday rol o‘ynaydi?
17. Sizning davlatingizdagi uy-joy qurilishini moliyalash-
tirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo‘jaliklari, 
xususiy firmalar va hukumat qanday rol o‘ynaydi?
18. Sizning davlatingizdagi tadbirkorlikni moliyalashti-
rish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda uy xo‘jalik-
lari, xususiy firmalar va hukumat qanday rol o‘ynaydi?
19. Sizning davlatingizdagi tibbiy izlanishlarni moli-
yalashtirish tizimini tushuntirib bering. Bu jarayonda 
ko‘ngilli notijorat tashkilotlar, xususiy firmalar va hukumat 
qanday rol o‘ynaydi?
20. Faraz qiling, fond bozorida faqat ikki turdagi aksiya 
sotilmoqda va Siz barcha aksiyalar muomalasi o‘zgarish-
larini aks ettiruvchi indeks ishlab chiqmoqchisiz. Aytaylik, 
davr boshida birinchi kompaniya aksiyalari 1 aksiyaga 20 
dollardan sotilayotgan edi va 100 mln. aksiya muomala-
ga chiqarildi. Ikkinchi kompaniya aksiyalari 1 aksiyaga 10 
dollardan sotila-yotgan edi va muomalaga 50 mln. aksiya 
chiqarildi. Bir yildan so‘ng birinchi kompaniya aksiyalari 
narxi 1 aksiyaga 30 dollarga ko‘tarilgan, ikkinchi kom-
paniya aksiyalari narxi 1 aksiyaga 2 dollargacha tushgan. 
Ushbu bobda tushuntirilgan ikki xil uslubdan foydalanib, 
fond bozorida kotirovka qanday o‘zgarganligini ko‘rsatuvchi 
fond indeksini hisoblang. Bu ikki uslubdan qaysi biri Sizga 
ko‘roq yoqdi va nima uchun (A ilovaga qarang)?



Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin