Moliya 181
Daromadlilikning haqiqiy stavkasi = (1$ +40$ - 50$):50
= -0,18 yoki -18%.
2.15-nazorat savoli. Faraz qilaylik, g‘aznachilik veksel lari bo‘yicha risksiz nominal yillik foiz stavkasi 6%ni tashkil qiladi. Prognoz (bashorat) qilinayotgan inflyatsiya darajasi yiliga 3%. Bunday qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ular real ifo dada nega riskli hisoblanadi? Javob: Real foiz stavkasi = 2,913%.
Modomiki, nominal daromadlilik stavkasini o‘rnatish-
da haqiqiy inflyatsiya darajasi noma’lum ekan, investorlar
o‘zlarining kapital qo‘yilmasidan real daromadlilik qanday
bo‘lishini hech qachon aniq bilishmaydi (u haqiqiy inflyatsi
-
ya darajasiga bog‘liq bo‘ladi).
2.16-nazorat savoli .
Faraz qilaylik, TIPS bo‘yicha real yillik foiz stavkasi 3,5%, AQShda kutilayotgan yillik inflyat- siya darajasi 4%. Bunday obligatsiyalarning kutilayotgan nominal daromadlilik stavkasi qanday bo‘ladi? Javob : (1 + nominal stavka) = (1 + real stavka) x (1 +
inflyatsii darajasi). Shunday qilib, nominal stavka = 1,035 x
1,04 - 1 = 0,0764, yoki 7,64%.
2.17-nazorat savoli. Faraz qilaylik, bank hisobraqa mingizda yillik 3% bo‘yicha qo‘yilgan 10 000 dollar saqlan moqda. Shu bilan birga Sizda kredit kartochkasi orqali yil lik 17% to‘lanadigan 5000 dollar miqdoridagi to‘lanmagan qarz mavjud. Sizning foizli arbitraj imkoniyatlaringiz qan day? Javob : Siz bank hisob raqamingizdan 5000 dollar olib,
kredit kartochka bo‘yicha qarzdorlikni to‘lashingiz mumkin
edi. Bunday holatda Siz yillik 3% (yillik 150 dollar) yo‘qotib,
lekin kredit kartochka bo‘yicha 17% (yillik 850 dollar) iqti-
sod qilgan bo‘lardingiz. Shunday qilib, Sizga foizli arbitraj
700 dollar keltirishi mumkin.