170
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini
amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moli-
yaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi dav-
latlarda davlat ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida
bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular ma’lum
darajada avtonom-
lik (mustaqillik)ka egadirlar
240
.
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini
ko‘pincha uning nomiga qarab bilib olish mumkin:
Bank of
England, Bank of Japan, Bank Rossii
va hokazo.
Biroq masa-
lan, markaziy bank AQShda
Federal Reserve System
(Federal
zahira tizimi), Germaniyada esa
Bundesbank
deb ataladi.
Markaziy bank odatda, davlat to‘lov
tizimining yuragi
hisoblanadi. U davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va
banklararo hisob-kitoblar tizimi uning boshqaruvida bo‘la-
di. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi
kamida o‘rtacha bo‘lishi
241
va buni markaziy banklar o‘zlari-
ning asosiy vazifasi deb ko‘rishlari shart.
Biroq ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligi-
ni hamda davlat iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsad-
larga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarni kutishadi. Bun-
day davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha
bir-biri bilan
nizoli maqsadlarni balans (muvozanat)ga keltirish: narxlar
barqarorligini va aholining to‘liq bandligini ta’minlash yu-
zasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi
242
.
lan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor.
2. Biror texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va b.ning aso-
siy xususiyatlaridan birini ifodalaydigan miqdor. 3.
Biror voqea-hodisani
tavsiflash va baholash uchun zarur bo‘lgan belgi, mezon. Qarang: o‘sha
manba. J.III. –B.217-218.
240
AQSh Markaziy banki (
Federal Reserve System –
Federal zahi-
ra tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi mustaqillikka ega. Uning
tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington
shahrida joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta
mintaqaviy bank kiradi. Biroq shuni
ham qayd etish joizki, boshqaruvchi-
lar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi
va mamlakatning Senati tomonidan tasdiqlanadi.
241
“Inflyatsiya darajasi kamida o‘rtacha bo‘lishi shart” deganda nima
nazarda tutilayapti? Ana shu so‘zlar birikmasiga nisbatan mulohazalarin-
giz nimalardan iborat?
242
Markaziy banklar zimmasiga ularning
asosiy vazifasidan tashqari
jumladan, bunday vazifalarning ham yuklatilishi mumkinligini biz qanday