TIZIMNI TARTIBGA SOLISH 9.1. Moliyaviy infratuzilma tarkibi Har qanday ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat muayyan
qoida va qo‘llanmalar to‘plamiga rioya qilish zaruriyati bi-
lan cheklanadi. Qonun status
234
i (maqomi)ga ega bo‘lgan
va iqtisodiy faoliyatning har qanday sohasida yuz bergani
kabi moliyaviy tizim harakatlanishidagi ma’lum aspektlar-
ni cheklash uchun xizmat qiluvchi qoidalar mavjud. Ular
orasida eng muhimlari har qanday turdagi tovlamachilik-
dan yuridik hamda jismoniy shaxslarni himoya qiluvchi
va shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishini ta’minlov-
chi qonunlardir. Bu qonunlar nafaqat davlatdan davlatga
farq qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishga ham mo-
yildir. Ular jamiyat yuridik tizimining bir qismi hisoblanadi
va odatda, garchi bu qonunlarning o‘zgarishi ko‘pincha in-
sonlarning ushbu tizim funksiyalariga qo‘yilgan talabining
o‘zgarishi natijasida ro‘y bersa-da, moliyaviy tizimning che-
garasidan chiquvchilardek izohlanadi.
Moliyaviy infratuzilma buxgalterlik hisobi va sud ish-
larini hal etish jarayonlarini; moliyaviy instrument (vosita)
lar savdosiga ko‘maklashuvchi hisob-kliring tashkilotlarini;
moliyaviy tizim qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini
nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi idoralarni o‘z ichiga oladi
(9.1.1-chizma).
Bir necha asrlar davomida jamiyatning tarixiy rivojla-
nish tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi olimlarning aniqlash-
lariga ko‘ra, moliyaviy tizim infratuzilmasining evolyutsiyasi
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish mexanizmini tushu-
nish uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy
tizimni tartibga soluvchi ba’zi funksiyalar xususiy kom-
paniyalarni birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqa-
lari esa davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
234
«Status» lotincha «status» - ahvol, hol, holat. Maqom – vaziyat, mav qe;
o‘rin, joy; daraja, martaba. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.569.