T.S.Malikov, N.H.Haydarov 8.6. Investitsion banklar Investitsion banklar (investment banks) – bu shunday
firmalarki, ularning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar,
hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini moli-
yalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam
berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z
mijozlarining qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil eta-
dilar. Bundan tashqari ular ba’zida hatto firmalar qo‘shi
lishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yubori
lishi”ga ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).
Investitsion banklar ko‘pincha
anderrayting yoki o‘zlari
bozorda joylashtiradigan
qimmatli qog‘ozlarga obuna bilan
shug‘ullanadilar. Anderrayting mohiyatan emitent uchun
o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank
emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joy-
lashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli
qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib olinmasa, u holda
investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan ol-
dindan belgilangan narxda, ya’ni kafolatlangan narxda sotib
oladi
229
.
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika inves-
titsion banklari vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda
1933-yilda qabul qilingan Glass-Stigal (Glass Steagall Act)
qonuniga muvofiq tijorat banklariga anderraytingga taal
-
luqli bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish
man etilgan. Biroq so‘nggi yillarda AQShning bu banklariga
bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi
230
.
shuningdek, mablag‘lar va risklar diversifikatsiya qilinishi uchun sama-
rali mablag‘larni ta’minlar ekan, nega bunday imkoniyatdan foydalanish
darajasi mamlakatimizda ko‘ngildagidek emas? Bu erda vaziyatni keskin
yaxshilash uchun nimalarni qilish kerak?
229
Xo‘sh, agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, pirovardida, buning oqibati
nima bilan tugaydi? Bu yaxshimi yoki yomonmi? Nima uchun?
230
O‘zbekistonda sof tarzda “Investitsion bank” nomini olgan bank
bormi? Bor bo‘lsa, uning nomi nima deb ataladi va u nima bilan shug‘ul-
lanadi?