tijorat banklari (commercial banks), deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moli-
yaviy funksiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hi-
soblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz
berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xiz-
matlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va
sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar.
Masalan, Germaniyada
universal banklar, deb nomlanuv-
chi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga
xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradi-
lar
222
.
Oxirgi vaqtlarda har xil turdagi moliyaviy institutlar
o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayot-
ganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik
tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifika
tsiya
223
bo‘yicha universal
224
bank hisoblansa-da, uning
funksiyalari odatda, qimmatli qog‘ozlar bilan broker-diler-
lik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi
Merrill Lynch Bank funksiyalaridan biroz farq qiladi, xolos.
221
Bu o‘rinda «bank» va «firma» o‘rtasida tenglik ishorasini qo‘ymoq da-
miz. Ma’lum bir xatolikka yo‘l qo‘ymayapmizmi? Nega shunday qilayap-
miz?
222
Shu nuqtayi nazardan banklarga tegishli bo‘lgan funksiyalarning,
ayrim hollarda, cheklanishi yoki cheklanmasligini maqsadga muvofiq, deb
hisoblaysizmi? Nima uchun?
223
«Klassifikatsiya» lotincha «classis» - daraja, razryad + “facere” – qil-
moq. Tasnif – tanlab olish; turlarga ajratish. Narsa va hodisalarni ularning
o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish.
Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV. –B.11.
224
«Universal» lotincha «universalis» - umumiy, keng qamrovli, ko‘p
tomonlama. 1. Ko‘p yoki hamma narsani o‘z ichiga qamrab olgan; har
taraflama. 2. Bir necha xil ishni bajarishga moslashgan. Qarang: o‘sha
manba. J. IV. –B.289.