T.S.Malikov, N.H.Haydarov capital), deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich sifatida ta’ri-
flash mumkin. Aynan shu daromad firmalar tomonidan
chiqarilgan aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy instru-
ment (vosita)lar egalariga dividend va foizlar to‘lab berish
manbayi hisoblanadi. Ushbu hamma instrument (vosita)lar
kapitaldan foydalanish orqali keladigan daromad qismiga
talabni bildiradi. Qo‘yilgan kapitalning kutilayotgan daro-
madlilik stavkasi investitsiya vaqti va joyiga, iqtisodiyotning
holatiga, boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy
resurslar va ishchi kuchining yetarlilik darajasiga, ushbu
kapitaldan foydalanib ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan
tovarlar va xizmatlarning talab darajasiga bog‘liq.
Qo‘yil gan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning kutilayotgan daro madlilik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining darajasi shunchalik baland bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samara- dorligiga nisbatan noaniqlik darajasi. Qo‘yilgan kapital
bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi yuqo-
riligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan,
hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’si-
ri; shaxta va quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga
boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi
va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki
alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda
o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlani-
shi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra
mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto tovar-moddiy zaxi-
ralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun
saqlashning oddiy jarayonini ham ma’lum risk darajasi-
dan xolis, deb hisoblab bo‘lmaydi. Sababi: vaqt o‘tishi bilan
qan cha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini ol-
dindan aniq aytish qiyin.
Aksiyalar – bu ishlab chiqarish vositalaridan foydala-
nishdan olingan daromadga nisbatan talabdir.
Ishlab chiqa rish vositalaridan foydalanish samaradorligi borasida no aniqlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qo‘yilgan aksiyalar bo‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo‘ladi .