156
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
ning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta
shart-
nomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol si-
fatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda
investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘il-
gan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashti-
radi)
219
. Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining
kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezi-
larli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlar-
ga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga
investitsiya qilishning
bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan
ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
8.1. Banklar
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtayi na-
zaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Bi-
rinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Uyg‘onish davrida
Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funk-
siyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish
uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha
paytda keskin o‘sish davrini
boshdan kechirayotgan sav-
do-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam
bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almashtiruvchi)
lar ochgan
220
. Aytish joizki, “bank” so‘zi «banca» (italyancha-
dan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan ke-
219
Bu jarayonning mamlakatimizdagi holati
nimalar bilan xarakter-
lanadi? Haqiqiy hayotga nazar solib, ushbuni tahlil qilishga va tegishli
xulosalar chiqarishga bir urinib ko‘ring-chi, manzara qanday bo‘larkin?
Agar o‘zaro fondlarni tashkil etish va ularning xizmatlaridan foydalanish
bilan bog‘liq bo‘lgan masala unchalik durust bo‘lmayotgan bo‘lsa,
uning
sabablari nimalardan iborat? Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlanti-
rish va aholi turmush darajasini yuqori pag‘onaga ko‘tarishning ma’lum
bir zahiralari shu yerda emasmikin?!
220
Tarixchilarning bank ishi rivojlanish tarixi bo‘yicha juda qiziqarli
tadqiqot natijalarini quyidagi xorijiy nashrdan bilib olish mumkin: Ray-
mond de Roover, “New interpretations of History of Banking”, Business,
Banking and Economic Thought in the Late Medieval and
Early Modern
Europe nomli 5-bobida (Chicago: University of Chicago Press, 1974).
Moliya
157
lib chiqqan. Sababi ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pul-
lar ni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank, deb nomlanuvchi ko‘pchilik fir
-
malar
221
kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz
berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassa-
salar
Dostları ilə paylaş: