Moliya
159
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va
firmalarning aktivi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular
sug‘urta kompaniyalarining qarzdorlik majburiyatlari sifa-
tida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz to
-
monidan to‘lanadigan pullar
sug‘urta mukofoti,
deyiladi.
Mijozlar sug‘urta mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval
to‘laganlari sababli sug‘urta kompaniyalari ushbu pul mab-
lag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu mud-
dat bir yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir
necha o‘n yillarga cho‘zilishi ham mumkin. Sug‘urta kom-
paniyalari mijozlardan olgan sug‘urta
mukofotlarini turli xil
moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas
mulkka qo‘yadilar
226
.
Dostları ilə paylaş: