Moliya 153
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik berishi). Daromadlilik stavkala
ri
darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiya
214 -
sidir. Odamlar odatda, hayotning hamma ne’matlaridan
ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radi-
lar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin
bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham
foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul
berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri
davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir,
degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman ol-
ganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan
bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodi-
yotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlar odatda, hayotning hamma ne’matlaridan erta-
ga emas, bugun foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabab-
laridan biri ular qachon o‘lishining noma’lumligidir. Inson
hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni boricha
o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matla-
ridan rohat olmoqchi. Kelajakka kelsak, doimo bu ishni ke-
yin ham qila olishi bo‘yicha qandaydir darajada mavhumlik
mavjud bo‘ladi.
Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmas- lik, tan olmaslik). Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan
(joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning daromadlilik stavkasi
doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyi-
dagi savolning tug‘ilishi tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida
kafolatlangan foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni
nima belgilaydi?
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan
xoli aktivlar
215
ga pul tikishni istagan kishilarga ma’lum im-
214
“Psixologiya” psixo + yunoncha “logos” – fan, ta’limot. 1. Inson faoli-
yati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks etishini, ruhiy jarayon-
lar, hodisalar va xislatlarni o‘rganuvchi fan. 2. Biror faoliyat bilan bog‘liq
bo‘lgan psixik jarayonlar majmui. 3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari,
xarakter xususiyatlari, ruhiy holati. Qarang: o‘sha manba. J.III.– B.318.
215
“Riskdan xoli aktivlar” iborasini to‘g‘ri ishlatayotibmizmi? Haqiqat-
dan ham amaliyotda shunday aktivlar bo‘lishi mumkinmi? Agar mumkin