Moliya 163
8.7. Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar
(venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, le
-
kin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas,
balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firmalardir. Bunday
yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib,
ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib bo-
rish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur
bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar
ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yil-
malari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi
biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga fir
-
mani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘ta-
rishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doi-
radagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu
darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti” odatda, kapital-
dagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan
shug‘ullanishni boshlaydi.
8.8. Aktivlarni boshqaruvchi firmalar Bu kabi firmalar, ko‘pincha,
investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya, deb ataladi.
Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya
fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohi-
da shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida
boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa
kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, ma-
salan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompaniyasi-
ning yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mum
-
kin
231
.
231
Mamlakatimizda aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalar bormi? Ular-
ning faoliyati xususida qanday ma’lumotlarga egasiz?