Moliya 171
10.2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos
turlarini rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan kompani-
yalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu kompaniyalar faoliyati moli-
yalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular muayyan
guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument
(vosita)larni taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermer-
lar, talabalar, kichik korxonalar, yangi uylarni sotib oluv-
chilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni kafolatlov-
chi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonat-
larining sug‘urtasi uchun tashkil etilgan agentliklar sifati-
da namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy funksiyasi moliyaviy
tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida
iqtisodiy inqirozlarning oldini olish orqali iqtisodiy barqa-
rorlikka ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisobla-
nadi. Omonat-chilar, agar pullarining ishonchli joyda tur-
ganligi va istagan paytda ularni qaytarib olishlariga isho-
nishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladi-
lar. Shu bilan birga banklarda nolikvid va riskli aktivlar
mavjudligi va bu aktivlar bankning omonatchilar oldidagi
majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi ham ular-
ga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonat-
larini to‘liq miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa,
ular sarosimaga tushib, bankka qarab yugurishadi va bi-
rinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z
pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini
pulga sotishga majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlov-
chi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni tezroq sotish zaruriyati
talqin qilayapmiz? Hamma vaqt ham unga tayyor turibmizmi va uni sog‘lom
holat sifatida qabul qilayapmizmi? Ilmiy tadqiqotlarimizni amalga oshira
borib Markaziy banklar faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan tavsi-
yalarimizga muammoning bu jihatlariga e’tibor berayapmizmi? “Taklif-tav-
siya”larimiz, ayrim hollarda, teskari yo‘nalishga ega emasmi? Va h.k.