Moliya
169
10-BOB. DAVLAT VA NODAVLAT MOLIYAVIY
TASHKILOTLARI
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarili-
shini nazorat
qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy
tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq javobgardir. Dunyo ning
eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan
AQShda
ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga so-
lish bo‘yicha ba’zi masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy
sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi
yoki fond birjalariga
o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga o‘tkazi-
ladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘ yicha
Komissiya (SEC – Securities Exchange Commission) tashkil
etilgan. Xuddi shunday Komissiya, xususan, O‘zbekistonda
ham mavjud. Uning asosiy vazifasi
har bir yangi qimmatli
qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim
etilishi lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot haj-
miga bo‘lgan aniq talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa
davlatlarda ham shu kabi tartibga soluvchi organlar mavjud.
Biroq davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ roli-
ni o‘ynagani
bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosati-
ning boshqa maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Misol
tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini iqtisodiy o‘sish
yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajari-
lishi uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rin-
larda biz u yoki bu moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi
yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga
etishish uchun ushbu
tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan ba’zi
davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: