Moliya
145
Ikkinchi formulaga bizning misolimizdagi ko‘rsatkich-
larni qo‘yib, yana bir marotaba yillik real stavka 2,857%ni
tashkil etishini tasdiqlashimiz mumkin:
D
rs
= (0,08 – 0,05) : 1,05 = 0,02857 = 2,857.
E’tibor bering nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan,
belgilangan daromadi bo‘lgan instrument (vosita) real ko‘ri-
nishda ma’lum darajada risk tashiydi.
Misol uchun, faraz
qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz
stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflya
tsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinish-
da pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.
Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni
tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yil-
lik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori
bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam
bo‘ladi.
2.15-nazorat uchun savol
Faraz qilaylik, risksiz yillik nominal foiz stavkasi g‘az-
nachilik veksellari bo‘yicha 6%ni, bashorat
qilinayotgan
infl yatsiya darajasi yillik 3%ni tashkil etadi. Bunday g‘az
-
nachilik veksellari bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning
real stavkasi qanday bo‘ladi? Nima uchun real ko‘rinishda
ular riskli hisoblanadi?
Qo‘yilgan (joylashtirilgan) mablag‘larni qadrsizlanish
riskidan himoya qilish uchun foiz stavkalarini real tovar
va xizmatlar yordamida ko‘rsatish mumkin. Masalan,
belgi-
langan daromadli qaysidir bir vosita uchun hisoblanadigan
birlik sifatida biror-bir tovarni ko‘rsatish mumkin.
Buyuk
Britaniya hukumati indeksatsiyalangan obligatsiyalar-
ni (index-linked bonds) 1981-yildan, AQSh G‘aznachiligi
esa 1997-yil yanvar oyidan muomalaga chiqardi. Oxirgila-
ri
TIPS
(Treasury Inflation Protected Securities – inflyatsi
-
yadan himoyalangan g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari), deb
nom olgan. Bu obligatsiyalar bo‘yicha
foiz stavkasi risk-