7.4. Inflyatsiya
202
va real
203
foiz stavkalari
Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra turli davrdagi iqti-
sodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmat-
201
Manba:
The Economist,
2016 yil 17 mart, 111-bet © 2016 The Econo-
mist Newspaper Group, Inc.
202
“Inflyatsiya” lotincha “inflatio”- shishish, ko‘tarilish; shish, bo‘rtiq.
Muomaladagi qog‘oz pullar massasining taklif qilinayotgan real tovarlar
hajmiga nisbatan haddan tashqari ortib ketishi va pulning qadrsizlanishi
va buning natijasida tovar va xizmatlar bahosining ko‘tarilishi, pulning
xarid qilish quvvatining pasayishi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.220.
203
Real” lotincha “realis” – moddiy; haqiqiy. 1. Haqiqatan ham mavjud
bo‘lgan; haqiqiy, chin, voqeiy. 2. Amaliy; amalga oshishi aniq bo‘lgan, ba-
jarilishi mumkin bo‘lgan. Qarang: o‘sha manba. J.III. - B. 365.
Moliya
143
lar va aktivlar narx (baho)lari inflyatsiya darajasini hisob
-
ga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi (korrektirov-
ka qilinishi) lozim. Shu bois, iqtisodchilar
nominal
204
narx
(baho)
(nominal prices) nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning
Price listda ko‘rsatilgan narxi (bahosi)ni va pulning sotib
o lish qobiliyatini aks ettiruvchi
real narx (baho)
(real pri-
ces)larni alohida farqlashadi (ajratishadi).
Real va nominal narx (baho)lar farqlangani kabi, real va
nominal foiz stavkalari ham farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha
nominal foiz stavkasi
(nominal interest rate) qarz oluv-
chi tomonidan va’da qilingan va Siz bergan pulingiz eva-
ziga olinadigan summadir.
Real daromadlilik stavkasi
(real rate of return) – bu kreditor tomonidan ishlab topil-
gan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga
olin gan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgartirilgan (korrektirovka
qilingan) nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisob-
langan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu,
inflyatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daro
-
madlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mab-
lag‘ sifatida ma’lum standart
205
lashtirilgan iste’mol sava-
ti ishlatiladi. Shunga ko‘ra daromadlilikning real stavkasi
ushbu savatning tarkibiga bog‘liq. Milliy iste’mol narxlari
indeksi (INI)ni (CPI – consumer price index) hisoblashda
taqqoslanishi mumkin bo‘lgan iste’mol tovarlari savati ish-
latiladi.
204
“Nominal” lotincha “nominalis” – nomi yozilgan. 1. Qog‘oz va tanga
pullar, qimmatli qog‘ozlar, mol va sh.k.ning belgilangan, ustiga yozilgan
bahosi. 2. Belgilangan, yozib ko‘rsatilgan (narx, baho, o‘lcham va sh.k.
haqida. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.55.
205
“Standart” inglizcha “standard” – me’yor, namuna, o‘lcham. 1. O‘ziga
o‘xshash boshqa obyektlarni taqqoslash uchun asos qilib olingan namuna,
andoza, etalon. 2. Standartlashtirilayotgan obyektga nisbatan qo‘llanadi-
gan me’yorlar, qoidalar, talablar majmuini belgilovchi rasmiy me’yoriy-tex-
nik hujjat. 3. Standartga muvofiq, mos bo‘lgan, standart talablariga javob
beradigan. Standartlash – fan, texnika va amaliy tajribalarning umum-
lashtirilgan yutuqlariga tayangan holda standartlar belgilash va ularni tar-
moqlarda qo‘llash jarayoni. Qarang: o‘sha manba. J.III. -B.568.
|