7.3. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi Qimmatli qog‘ozlar kursini umumlashtirib ko‘rsatish-
ga imkon beruvchi mezonning mavjudligi qo‘l keladigan
ko‘plab holatlar mavjud. Misol uchun, aksiyadorlarga in-
vestitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan indi-
kator
195
yoki o‘z investitsiyalari rentabelligini baholash im-
koniyatini beradigan qandaydir etalon
196
iy kriteriy
197
kerak
bo‘ladi. 7.3.1-jadvalda eng muhim milliy fond birjalarida
muomalada bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar uchun foydala-
niladigan odatda, moliyaviy nashrlarda birinchi navbatda
e’lon qilinadigan asosiy fond indekslari ro‘yxati keltirilgan.
194
Bu soliqlar to‘langunga qadar daromadlilik stavkasiga nisbatan o‘rin li
(adolatli)dir. Chunki aksiyalarni sotish natijalari soliqqa tortiladigan daro-
madning o‘lchamiga ta’sir etishi mumkinligi uchun soliqlar to‘lagandan ke-
yin daromadlilik stavkasi o‘zgarishi mumkin.
195
“Indikator” lotincha “indicator”- ko‘rsatkich. Tekshirish (kuzatish)
obyekti bo‘lgan narsani yoki biror jarayonning borishini nazorat qiluvchi, ku-
zatib (qarab) boruvchi asbob, moslama. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.209
196
“Etalon” fransuzcha “etalon” – namuna. Biror narsaning ideal na-
munasi, o‘lchovi yoki turi; o‘lchov birliklarini hozirgi kundagi fan va tex-
nika erishgan eng yuqori aniqlik bilan qayd etish, saqlash va tarqatish
uchun xizmat qiladi. . Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.60.
197
“Kriteriy” yunoncha “criterion” – fikrlash, yechish vositasi. Biror nar-
sani baholash, ta’riflash yoki tasniflash uchun asos bo‘la oladigan belgi;
baholash mezoni. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 417.