T. S. Malikov moliya


turli xil qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

turli xil qimmatli qog‘ozlar 
daromaddorligi ko‘rsatkichlari farqiga
(yield spread) e’ti-
boringizni qarating: qaytarish muddati 10 yildan yuqori 
bo‘lgan AQSh G‘aznachiligi obligatsiyalari, ularning yillik 
daromaddorligi 6,21%ni tashkil etadi va xuddi shunday qay-
tarish muddatidagi o‘rtacha sifatdagi korporativ obligatsi-
yalarning yillik daromaddorlik ko‘rsatkichi esa 7,56% ga teng. 
O‘rtadagi daromaddorlik farqi yiliga 1,35%ni tashkil etadi.
2.13-nazorat uchun savol
Oxirgi gazetalarning moliyaviy axborotlar chop etilgan 
sahifalarini ko‘ring. Bugungi kundagi AQSh G‘aznachili-
gi obligatsiyalari va korporativ obligatsiyalar daromadliligi 
farqi qanday ekanligini tekshiring.
7.2. Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi
Foiz stavkalari qimmatli qog‘ozlar egasi oldida emitentning 
shartnomaviy javobgarligi hisoblanib, belgilangan daro madli 
instrument (vosita)lar bo‘yicha 
va’da qilingan
daromadlilik 


Moliya
135
stavkasini ifodalaydi. Biroq hamma aktivlarga ham ma’lum bir 
daromadlilik stavkasi xos emas. Misol uchun, agar Siz ko‘ch-
mas mulkka, aksiyalar va san’at asarlariga kapitalni investitsi-
ya qilayotgan bo‘lsangiz, kelajakda Sizga hech qanday to‘lovlar 
kafolatlanmaydi. Endi shu turdagi riskli aktivlar bo‘yicha daro-
madlilik stavkasi qanday o‘lcha nishini ko‘rib chiqaylik. 
Agar Siz qandaydir ulushbay qimmatli qog‘ozlarga, mi-
sol uchun oddiy aksiyalarga mablag‘ingizni investitsiya 
qilgan bo‘lsangiz, Sizning qo‘ygan kapitalingizga 
daromad 
(return) ikki manbadan tushadi. Birinchisi – mazkur qim-
matli qog‘ozlar emitent­firmasi aksionerlarga pul ko‘rinishi
-
da to‘laydigan dividendlar. Mazkur dividend to‘lovlari shart-
nomada keltirilmaydi va shunga ko‘ra ularni foizli to‘lovlar, 
deb bo‘lmaydi. Dividendlar firma direktorlar kengashining 
ixtiyoriga ko‘ra to‘lanadi.
Aksiyador aksiyalarga egalik qilgan vaqt mobaynida ak-
siya bozor kursining o‘sishi aksiya egasi tomonidan kiri-
tilgan kapitalning ikkinchi daromad manbayi hisoblanadi. 
Mazkur turdagi daromadni 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin