T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
vandoz bilan otning egasi o‘rtasidagi munosabatlarning qan-
chalik uzoq vaqt davom etishi yoki uning doimiy xarakterga 
ega bo‘lishi boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, cha-
vandozning xolisona xatti-harakatiga bog‘liq. Agar chavandoz 
har safar ko‘pkari (uloq)da o‘zaro manfaatlar mushtarakligi-
ga intilib harakat qilsa nur ustiga, a’lo nur – o‘zaro munosa-
batlar davom etadi. Aksincha, ko‘pkari (uloq) davomida pulli 
solim e’lon qilinganda har safar o‘zini o‘tga ursa-yu, natural 
ko‘rinishdagi solim e’lon qilinganda esa – to‘dadan chetga 
chiqib, oddiy tomoshabinga aylanib, ayyorlik qilsa – o‘sha za-
hotiyoq yoki navbatdagi ko‘pkari (uloq)da kuchli otdan umid 
qilmasa ham bo‘laveradi. Chunki bu yerda otning egasi va 
chavandoz manfaatlari o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqqanli-
gi shuni taqozo etadi.
Agar moliyaviy tizim to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatsa, unda yuqo-
rida qayd qilingan stimullashtirish muammolarini hal qil-
ishga yordam beradi. Bu esa moliyaviy resurslarni birlasht-
irish imkoniyati, riskni taqsimlash va ixtisoslashti rish kabi 
ushbu tizimning afzalliklaridan yanada samaraliroq foydal-
anish imkoniyatini taqdim etadi. Jumladan, masalan, kred-
it faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan stimullashtirish muammo-
larini kamaytirish uchun qarz oluvchi o‘zi ning majburiyat-
larini bajarmaganda, qarz beruvchiga uning ish aktivlar-
ini xatga olish (arest) huquqi berilishini o‘z ichiga oluvchi 
qarz ni ta’minlash
(collateralization) prinsipidan keng foyda-
laniladi. Shunday yondashuv tufayli kreditorning qarz oluv-
chining faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha xarajatlari sezilarli 
darajada kamayadi. Bu holatda unga faqat qarzni ta’minlash 
sifatida taqdim qilingan aktiv-larning bozor qiymati qarzning 
asosiy summasi va uning foizini to‘lashga yetarli bo‘lishining 
tashvishini qilish qoladi, xolos. 
Texnologiyalar rivojlanib borgan sari qarzning ta’min-
lanishi uchun xizmat qiladigan turli xil ish aktivlari (ma-
salan, qarz oluvchining tovar-moddiy zahirasiga kiruvchi 
tovarlar)ni baholashga, shuningdek, ular ustidan nazoratga 
ketadigan xarajatlar doimiy ravishda kamayib bormoqda. 


Moliya
117
Buning natijasida bu kabi kelishuvlardan foydalanish so-
hasi kengaymoqda.
Yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy tizim tufayli komitent va komis-
sioner o‘rtasidagi muammolarni ham yumshatish mumkin. 
Jumladan, agar personal
177
ni boshqarish ishi uchun mukofo-
tlash firma aksiyalarining bozor bahosi ko‘rsat kichiga bog‘liq 
bo‘lsa, menejerlar va aksionerlar manfaatlarini aniqroq mu-
vofiqlikka keltirish mumkin. Shu ningdek, masalan, kredit 
shartnomasiga kreditorning hu quqini qo‘shimcha sug‘ur-
talovchi (“equity kicker”) alohida bandni kiritish imkoniya-
tini ham ko‘rib chiqamiz. Bu esa korporatsiya aksiyador-
lari va kreditorlari manfaatlari o‘r tasida ziddiyatlar kelib 
chiqishi riskini kamaytirish imko nini beradi. Bu maqsad-
ga erishishga kreditorga aksiya dorlar o‘rtasida taqsimlash 
uchun hisoblanadigan foydalarda ishtirok etishiga yo‘l be-
radigan kredit kelishuvining har qanday tartibi (alohida 
band) yordam beradi. Mazkur turdagi kengroq qo‘llaniladi-
gan uslublardan biri qarz to‘lanma gan holatda kreditorlar 
o‘rtasida foydadan ma’lum bir foiz ning taqsimlanishini o‘z 
ichiga oladi; boshqasi – kreditor o‘zi ning qarz summasini 
korporatsiya aksiyalarining oldindan kelishib olingan soni-
ga konvertatsiya qilish huquqiga egaligidir. 
Boshqaruv personali firmaning aksiyadorlari tomonidan 
saylanishini hisobga olish kerak. Bu shunga olib keladiki, 
aksiyadorlar va kreditorlar manfaatlarining ziddiyatlari yuza-
ga kelgan holatda menejerlar odatda, aksiyadorlar manfaat-
larini qondirish uchun mumkin bo‘lguncha harakat qiladi-
lar, va ko‘pincha buni firma kreditorlari hisobidan amalga 
oshiradilar. Bunday holatlarda yuzaga keladigan ma’naviy 
risk muammosi boshqa sharoitlarda ikki tomonlama foy-
da keltiradigan qarz kelishuvining tuzilishiga xalaqit berishi 
mumkin. Kelishuvga qo‘shimcha qilib “equity kicker” bandini 
kiritib, bu muammoni yumshatish yoki hatto, butkul hal qil-
ish mumkin. Buning natijasida firmaning aksiyadorlari ham, 
177
“Personal” lotincha “personalis” – shaxsiy. Korxona, muassasa xo-
dimlari yoki ularning ixtisosiga ko‘ra bir guruhi. Qarang: o‘sha manba. 
J.III. - B.247.


118

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin