Moliya
105
langina mablag‘ qo‘yish mumkin. O‘tgan asrning 70-yillari-
da shunday jarayonni rag‘batlantirish uchun investorlarga
g‘aznachilik veksellarini qo‘lga kiritish imkonini beradigan
o‘zaro jamg‘armalar tuzilgan.
O‘zaro jamg‘armada investorlarning mablag‘lari vaqtin-
chalik birlashtiriladi va ularga mazkur jamg‘arma kapital-
idagi ularning ulushi ko‘rsatilgan hisobraqamlar ochiladi.
Jamg‘arma vaqti-vaqti bilan mijozlarga o‘zlarining aksiyalari
kursi to‘g‘risidagi axborotni taqdim qiladi va ularga amalda
istalgan vaqtda o‘zining hisobraqamiga istalgan qo‘shimcha
summani kiritish yoki pulni qaytarib olish imkonini beradi.
Shunday qilib, agar jamg‘arma aksiyasining joriy kursi 11
000 so‘mni tashkil etsa, Siz esa 1,0 mln. so‘m qo‘yayotgan
bo‘lsangiz, unda Sizning jamg‘armadagi hisobingizda 90,91
aksiya bo‘ladi (1 000 000 : 11 000). Bu g‘aznachilik vek-
sellariga investitsiya qiluvchi o‘zaro jamg‘armalar moliyaviy
tizimning to‘rtinchi funksiyasi bajarilishiga yordamlashayot-
ganidan dalolat beradi. Zero, ular tufayli katta qadr-qimmat-
ga ega bo‘lgan veksellar amaliy jihatdan benihoya (cheksiz)
bo‘linuvchi qimmatli qog‘ozlarga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: