T.S.Malikov, N.H.Haydarov
vandoz bilan otning egasi o‘rtasidagi munosabatlarning qan-
chalik uzoq vaqt davom etishi yoki uning doimiy xarakterga
ega bo‘lishi boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, cha-
vandozning xolisona xatti-harakatiga bog‘liq. Agar chavandoz
har safar ko‘pkari (uloq)da o‘zaro manfaatlar mushtarakligi-
ga intilib harakat qilsa nur ustiga, a’lo nur – o‘zaro munosa-
batlar davom etadi. Aksincha, ko‘pkari (uloq) davomida pulli
solim e’lon qilinganda har safar o‘zini o‘tga ursa-yu, natural
ko‘rinishdagi solim e’lon qilinganda esa – to‘dadan chetga
chiqib, oddiy tomoshabinga aylanib, ayyorlik qilsa – o‘sha za-
hotiyoq yoki navbatdagi ko‘pkari (uloq)da kuchli otdan umid
qilmasa ham bo‘laveradi. Chunki bu yerda otning egasi va
chavandoz manfaatlari o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqqanli-
gi shuni taqozo etadi.
Agar moliyaviy tizim to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatsa, unda yuqo-
rida qayd qilingan stimullashtirish muammolarini hal qil-
ishga yordam beradi. Bu esa moliyaviy resurslarni birlasht-
irish imkoniyati, riskni taqsimlash va ixtisoslashti rish kabi
ushbu tizimning afzalliklaridan yanada samaraliroq foydal-
anish imkoniyatini taqdim etadi. Jumladan, masalan, kred-
it faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan stimullashtirish muammo-
larini kamaytirish uchun qarz oluvchi o‘zi ning majburiyat-
larini bajarmaganda, qarz beruvchiga uning ish aktivlar-
ini xatga olish (arest) huquqi berilishini o‘z ichiga oluvchi
qarz ni ta’minlash
(collateralization) prinsipidan keng foyda-
laniladi. Shunday yondashuv tufayli kreditorning qarz oluv-
chining faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha xarajatlari sezilarli
darajada kamayadi. Bu holatda unga faqat qarzni ta’minlash
sifatida taqdim qilingan aktiv-larning bozor qiymati qarzning
asosiy summasi va uning foizini to‘lashga yetarli bo‘lishining
tashvishini qilish qoladi, xolos.
Texnologiyalar rivojlanib borgan sari qarzning ta’min-
lanishi uchun xizmat qiladigan turli xil ish aktivlari (ma-
salan, qarz oluvchining tovar-moddiy zahirasiga kiruvchi
tovarlar)ni baholashga, shuningdek, ular ustidan nazoratga
ketadigan xarajatlar doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Moliya
117
Buning natijasida bu kabi kelishuvlardan foydalanish so-
hasi kengaymoqda.
Yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy tizim tufayli komitent va komis-
sioner o‘rtasidagi muammolarni ham yumshatish mumkin.
Jumladan, agar personal
177
ni boshqarish ishi uchun mukofo-
tlash firma aksiyalarining bozor bahosi ko‘rsat kichiga bog‘liq
bo‘lsa, menejerlar va aksionerlar manfaatlarini aniqroq mu-
vofiqlikka keltirish mumkin. Shu ningdek, masalan, kredit
shartnomasiga kreditorning hu quqini qo‘shimcha sug‘ur-
talovchi (“equity kicker”) alohida bandni kiritish imkoniya-
tini ham ko‘rib chiqamiz. Bu esa korporatsiya aksiyador-
lari va kreditorlari manfaatlari o‘r tasida ziddiyatlar kelib
chiqishi riskini kamaytirish imko nini beradi. Bu maqsad-
ga erishishga kreditorga aksiya dorlar o‘rtasida taqsimlash
uchun hisoblanadigan foydalarda ishtirok etishiga yo‘l be-
radigan kredit kelishuvining har qanday tartibi (alohida
band) yordam beradi. Mazkur turdagi kengroq qo‘llaniladi-
gan uslublardan biri qarz to‘lanma gan holatda kreditorlar
o‘rtasida foydadan ma’lum bir foiz ning taqsimlanishini o‘z
ichiga oladi; boshqasi – kreditor o‘zi ning qarz summasini
korporatsiya aksiyalarining oldindan kelishib olingan soni-
ga konvertatsiya qilish huquqiga egaligidir.
Boshqaruv personali firmaning aksiyadorlari tomonidan
saylanishini hisobga olish kerak. Bu shunga olib keladiki,
aksiyadorlar va kreditorlar manfaatlarining ziddiyatlari yuza-
ga kelgan holatda menejerlar odatda, aksiyadorlar manfaat-
larini qondirish uchun mumkin bo‘lguncha harakat qiladi-
lar, va ko‘pincha buni firma kreditorlari hisobidan amalga
oshiradilar. Bunday holatlarda yuzaga keladigan ma’naviy
risk muammosi boshqa sharoitlarda ikki tomonlama foy-
da keltiradigan qarz kelishuvining tuzilishiga xalaqit berishi
mumkin. Kelishuvga qo‘shimcha qilib “equity kicker” bandini
kiritib, bu muammoni yumshatish yoki hatto, butkul hal qil-
ish mumkin. Buning natijasida firmaning aksiyadorlari ham,
177
“Personal” lotincha “personalis” – shaxsiy. Korxona, muassasa xo-
dimlari yoki ularning ixtisosiga ko‘ra bir guruhi. Qarang: o‘sha manba.
J.III. - B.247.
|