T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
lida foyda oladilar (hisobdagi qoldiq bo‘yicha). Bunday fir
-
malarning katta xarajatini operatsiyalarning o‘tkazilishi-
ga sarflangan xarajatlar, kartochkalarning o‘g‘irlanishi va 
ularning egalari o‘z majburiyatlarini qoplash qobiliyatiga 
ega emasliklari natijasida ko‘rilgan ziyonlar tashkil etadi.
O‘tgan asrning 50-yillarida tijorat banklari birinchi 
bo‘lib kredit kartochkalari bilan ishlashni sinab ko‘rish-
gan. O‘shanda ular o‘zlarining juda yuqori ekspluatatsion
182
xarajatlari sababli shu kabi xizmatlarni ko‘rsatadigan fir
-
malar bilan raqobatlasha olmasliklari aniqlandi. Biroq 
60-yillar oxirida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi 
tufayli ushbu xarajatlar ancha kamaydi va banklar endi 
bunday firmalar bilan jiddiy raqobatlasha oladigan bo‘ldi. 
Bizning kunlarda kredit kartochkalaridan foydalanish xiz-
mat bozorida ikkita yirik bank tizimi: 
VISA
va 
Master Card 
kompaniyalari yetakchilardan hisoblanadi: 
Diners Club
va 
Carte Blanche 
firmalarining ulushi esa sezilarli darajada 
qisqardi. Shu o‘rinda, Bank Americard banki qanday qilib 
o‘zining monopoliyasini yo‘qotganligini ham eslab o‘tish foy-
dadan xoli emas
183

Tarixdan ma’lumki, 1958-yildan 1966-yilga qadar, 
ya’ni 8 yil davomida
Bank of America 
Kaliforniya shtati-
ning kredit kartochkalari bozorida yakka o‘zi hukmronlik 
qilgan edi. 1964-yildan 1966 yilga qadar bu biznes unga 
juda katta foyda olib kelgan. Biroq bu umrbod davom eti-
shi mumkin emasdi
184
. 1966-yil boshlarida
 Bank of Amer

182
«Ekspluatatsiya» fransuzcha «exploitation» - ishlatish, foydalani-
shi; foyda olish, lotincha “explicitare” – foydalanmoq, ishlatmoq. 1. Ishlab 
chiqarish vositalari egalarining o‘zgalar mehnati mahsulini o‘zlashtirib oli-
shi. 2. Tabiiy boyliklarni qazib olib, ulardan foydalani; yer, sanoat kor-
xonalari, transport vositalari, binolar va sh.k.lardan foydalanish, ularni 
ishlatish. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.27.
183
Bu holatni AQShdagi bank misolida ko‘rib chiqilayotganidan tash-
vishga tushmang. Uni O‘zbekistondagi bank misolida ko‘rib chiqish prin-
sipial ahamiyatga ega emas. Buning ustiga mamlakatimizda hali bunday 
shov-shuvga sabab bo‘lgan hodisa (voqelik)lar sodir bo‘lganicha yo‘q.
184
Nega bunday xulosa chiqarilmoqda? Buning sabablari nimalardan 
iborat ekanligini bilasizmi?


Moliya
123
ca
ning kredit kartochkalari bilan ishlash bo‘yicha bosh-
qaruv personali ularning raqobatchilari: Kaliforniyaning 
4 ta yirik banki hamkorlikda bu biznesga kirish niyati-
da ekanliklari to‘g‘risida tez-tez eshitadigan bo‘ldi. O‘zlari-
ning umumiy dasturini ular
 Master Charge 
deb nomlamoq-
chi bo‘lishdi. Bungacha 
Nyu-york banki: First National City 
Bank of New-York 
(bizning kunlarda
 Citibank 
nomi bilan 
mashhur) transport xarajatlarini va ko‘ngil ochish sohasi-
dagi xarajatlarni to‘lash uchun foydalaniladigan kartoch-
kalarning savdosi bilan shug‘ullanadigan
Carte Blanche 
firmasini sotib olish to‘g‘risida kelishuv olib borayotganligi 
haqidagi keskin xabarlar ham tarqalgan edi. Bu bitim
 First 
National City
ga ko‘p sonli savdogarlar va mijozlarni olib ke-
lishi kerak edi. Buning natijasida esa bank umumdavlat 
miqyosida ishlashni boshlar edi (shu kungacha biror-bir 
bank bu bilan maqtana olmagan) va shunday qilib, 
Bank of 
America
ning yana bir jiddiy raqobatchisiga aylanishi mum-
kin edi. Ayni paytda boshqa banklar
Bank of America 
ning 
o‘z dasturini Kaliforniyaning tashqarisiga ham kengaytir-
moqchi ekanligi to‘g‘risida tez-tez eshitadigan bo‘lishdi. 
Bir necha yillik nisbatan jim-jitlikdan so‘ng bank sanoati 
bo‘lish ehtimoli bo‘lgan hujumlar va potensial ishtirokchi-
lar, kredit kartochkalari to‘g‘risidagi turli xil shov-shuvlar 
bilan portladi. Buyuk Depressiyadan so‘ng amalda birinchi 
bo‘lib banklar bir-birlari bilan ochiqdan-ochiq raqobatla-
shish mumkinligi to‘g‘risida o‘ylay boshlashdi. 
Bu mish-mishlar o‘z navbatida, 60-yillar oxirida bu-
tun mamlakatni qamrab olgan kredit kartalarni jo‘natish-
ning buyuk to‘lqiniga sabab bo‘ldi. Sarosima va hasadga 
tushgan bankirlar, amalda u haqda hech narsa bilmasdan 
va mutlaqo tayyorlanmasdan turib biznesga «boshlari bi-
lan sho‘ng‘ishdi». Iste’mol ssudalarini taqdim etadigan va 
taqdim etmaydigan barcha yirik va mayda banklar, bank 
konsorsium
185
lari va ayrim banklar yagona shiddat bilan
 
185
«Korsortsium» lotincha «concortium» - sheriklik, birga ishtirok etish. 
Bir necha banklar yoki sanoat korxonalarining qarzlarni birgalikda joy-
lashtirish, yirik moliyaviy yoki tijoriy ishlarni, investitsion loyihalarni 


124

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin