Komitentning komissioner bilan munosabati muam-
mosi (principal-agent problem) shundaki, komissioner
ko‘pincha komitent agar komissioner bilgan barcha bilim-
larga egalik qilganida qabul qilgan qarorlaridan va o‘zi mus-
taqil qabul qilishi mumkin bo‘lgan qarorlaridan farqlanuv-
chi qarorlarni qabul qiladi. Buning natijasida komissioner-
lar va komitentlarning manfaatlari o‘rtasida ko‘pincha zid-
diyatlar kelib chiqadi. Nostandart (noandozaviy) vaziyatlar-
da komissionerlar hattoki, o‘zlarining komitentlari man-
faatlariga qaramasdan harakat qilishlari mumkin. Bunday
holat masalan, fond brokeri «sutdan yog‘ olish» deb nom-
lanadigan ish bilan shug‘ullansa, ya’ni mijozga hech qan-
day foyda olib kelmaydigan, lekin brokerning komission
summasini oshiradigan ko‘psonli bitimlarni mijozning hiso-
bidan amalga oshirganida kelib chiqadi.
Buning yanada tushunarli bo‘lishi uchun e’tiboringizni
quyidagi “qo‘lbola”, “jaydari” o‘zbekona misolga qaratmoq-
chimiz: ma’lumki, ko‘pkariga (uloqqa) yaraydigan kuchli otga
hamma chavandoz ham ega bo‘lavermaydi. Xuddi shuning
-
dek, shunday kuchli otga ega bo‘lganlarning hammasi ham
chavandoz bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda otning
egasi o‘z otini kuchli chavandozga “chopish uchun” taqdim
etishi, tabiiy. Shunga o‘xshash, chavandozning ham o‘zgan-
ing kuchli otidan ko‘pkari (uloq) davomida “chopishidan”
o‘zga chorasi qolmaydi. Shu munosabat bilan ko‘pkari (uloq)
da qo‘lga kiritilgan yutuq (solim)lar chavandoz va otning
egasi o‘rtasida odatda, qanday taqsimlanishini bilasizmi?
Hech joyda yozma ravishda qayd etilgan bo‘lishiga qara-
masdan, azal-azaldan, bu narsa (yutuq)ni taqsimlashda qu-
yidagiga rioya qilinadi: pulli yutuqlar – chavandozniki, natu-
ral ko‘rinishdagi yutuqlar (uloq, gilam, tuya, ho‘kiz, mashina
va h.k.lar) esa – otning egasiniki. Bunday sharoitda cha-