T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

qoldiq ta-
lablarni
(residual claim) ifodalaydi. Bunday aksiya egalari 
firmaning u tomonidan barcha qolgan moliyaviy majburi
-
yatlarni bajarganidan so‘ng qolgan istalgan aktivlariga 
huquqi bor. Masalan, agar firma biznesni to‘xtatishga qaror 
qilsa va o‘zining barcha aktivlarini sotayotgan bo‘lsa, u hol-
da oddiy aksiyalarga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar, 
barcha kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lin-
gandan keyin nima qolsa (yoki nimadir qolsa) hammasini 
o‘zaro bo‘lishib oladilar.
Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining 
cheklangan 
mas’uliyati
(limited liability) bilan tavsiflanadi. Bu, agar 
firma yopilayotgan bo‘lsa va uning aktivlarini sotishdan 
tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga et-
mayotgan bo‘lsa, unda kreditorlar aksionerlardan qarz maj-
buriyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish uchun qo‘shimcha 
mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. 
Bu yerda kreditorlarning korporatsiyaga talablari uning ak-
tivlariga bo‘lgan talablari bilan cheklanib qoladi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, 
deb bahosi boshqa ak-
tivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega 
qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsu-
lotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. 
Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlar-
ga qo‘yilmalarning risk darajasini boshqarish uchun vosita 
sifatida xizmat qilishdan iborat. 


128
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan tur-
lari 
opsionlar
va 
forvard kontrakt
190
lari 
hisoblanadi. 
Sotib 
olishga opsion, 
yoki
 «koll» opsion 
(call option) – bu egasi-
ga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda op-
sion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguni-
ga qadar istalgan paytda 
sotib olish
huquqini beradigan 
vositadir. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin