T.S.Malikov, N.H.Haydarov
killashtirishga urinishiga to‘g‘ri kelgan. Bu jarayon qancha-
lik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini tushuntirishning
zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya
180
larini
ochish to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy
sayohatchilar uchun mumkin bo‘lgan.
Bizning davrda amalda xorijda xoxlagan xaridni kredit
kartochkasi yordamida to‘lash mumkin.
VISA, MasterCard
i
American Express
kabi bunday kartochkalar yer sharining
deyarli istalgan nuqtasida qabul qilinadi. Masalan, meh-
monxona nomeriga haq to‘lash uchun Siz shunchaki o‘z
kartochkangizni xizmatchiga berasiz va u telefon liniyasiga
ulangan maxsus apparatga uni qo‘yadi. Sanoqli soniyalarda
Sizning qarzni to‘lay olish qobiliyatingiz (ya’ni, Sizga ushbu
kartochkani bergan bank to‘lovni kafolatlashi holati) tek-
shiriladi. Shundan so‘ng Sizga kvitansiyaga imzo qo‘yish va
yana sayohatni davom ettirish qoladi, xolos.
Bundan tashqari bu tizimda pulni yo‘qotish yoki uni
o‘g‘irlatish to‘g‘risida xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Agar
Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan bo‘lsangiz, yo‘qol-
gan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan, yaqinroq-
da joylashgan istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor
qiladi (undan boshqa odam foydalana olmasligi uchun) va
yangisini beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto kredit ol-
ishingiz ham mumkin.
Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy qilini
shi tufayli ancha qulay va arzon bo‘lib qolganligiga hech
kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish va tarqatish million-
lab odamlarga foyda keltirdi va moliyani «demokratlashtir-
ish»ga imkon tug‘dirdi. Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyi-
da Sizlarga kredit kartochkalari misolida moliyaviy inno-
vatsiyalarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni
ko‘rib chiqishni taklif etamiz.
180
«Liniya» lotincha «linea» - kanop ipi; shoqul; yo‘l, chiziq. Biror nar-
sani muayyan masofa (joy)ga uzatishga mo‘ljallangan qurilma (moslama)
lar sistemasi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.499. Demak, bundan ko‘rin-
ib turibdiki, bu o‘rinda foydalanilgan “kredit liniyasi” “kredit yo‘li” yoki
“kredit chizig‘i” ma’nolarini anglatib, ulardagi bu so‘zlar ko‘chma ma’noda
ishlatilayotir.
Moliya
121
Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnolo-
giya
181
eng muhim omil hisoblanadi. Kredit kartochkalarn-
ing qo‘llanilishi faqatgina telefon va kompyuter tarmoqlari,
shuningdek, boshqa o‘ta murakkab telekommunikatsiya
tizimlari, axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot
yaratilishi natijasida amalga oshdi. Biroq kredit kartochka-
lari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga aylani-
shi uchun foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlar ning
doimiy qidiruvida bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qi-
luvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan texnologiyadan foy
-
dalanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z nav-
batida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalar
-
ga ushbu kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini
taqozo etar edi.
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan so-
halarda) biror-bir potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab
chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan firma bundan katta
foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit kartoch-
kalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayo
-
hatlarga kredit kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birin-
chi kompaniya Ikkinchi jahon urushi tugashidan so‘ng
darhol asos solingan
Diners Club
bo‘lgan
.
Ushbu firmaning
muvaf faqiyati boshqa ikki kompaniyani –
American Express
i
Carte Blanche
ni kredit kartochkalaridan foydalanishning
o‘xshash dasturlarini taklif qilishga undadi.
Kredit kartochkalaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlar-
ni taklif qiluvchi firmalar, kartochkalarni qo‘llagan holda
tovarlar sotishni amalda qo‘llayotgan chakana savdogarlar
to‘layotgan komission shaklida (qoidaga ko‘ra, xa rid nar-
xidan ma’lum bir foiz), shuningdek, bu kartochka egalari-
ga kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz shak-
181
«Texnologiya» yunoncha «techne» - mahorat, san’at + logos – ta’limot.
1. Ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo, material, yarimfabrikat
va sh.k.larga ishlov berish yoki qayta ishlash, ularning holati, xossalari
va shaklini o‘zgartirishda qo‘llanadigan usullar (metodlar) majmui. 2. Xo
-
mashyo va materiallarga tegishli ishlab chiqarish qurollari yordamida ish-
lov berish usul va yo‘llari haqidagi fan. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - B.81.
|