T.S.Malikov, N.H.Haydarov
di. Masalan, agar ulgurji ombor mulkdori yong‘in hodisasi-
ga sug‘urta polisini sotib olganda, uning uchun yong‘inga
qarshi tadbirlarga pul sarflash stimuli kamayadi. Bu holat,
u nin g omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli sug‘urta shartnoma-
si tuzilgunga qadar bo‘lgan holatdagidan yuqori bo‘ladi. Agar
sug‘urta summasi omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa,
unda ayrim ekstremal vaziyatlarda ombor egasi nafsga be-
rilishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi ham mum-
kin. Potensial ma’naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari
sug‘urta summasini qisqartiradilar yoki ma’lum bir holat-
larda ayrim turdagi sug‘urta polislarini sotishdan umuman
bosh tortadilar
170
.
Mijoz ishga bo‘nak (avans) to‘lasa va odam (yoki firma)
ish qanchalik yaxshi yoki yomon bajarilishiga qaramay, bir
xil summani oladigan vaziyat shartnoma tuzish sohasidagi
mas’uliyatsizlikka misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Agar
to‘lov faqat ish bajarilgandan so‘ng amalga oshirilganda edi,
unda pudratchida shubhasiz, to‘lovning avans shakliga qa-
raganda yaxshiroq harakat qilib ishlashiga stimul ko‘proq
bo‘lar edi
171
.
Biznesni moliyalashtirishda yuzaga keladigan muammo
ma’naviy riskning nisbatan kamroq misoli bo‘lib hisoblana-
di. Faraz qilaylik, Sizda yangi korxona tuzish g‘oyasi tug‘ildi
va Sizga ish boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ zarur.
Siz uni qayerdan olishingiz mumkin? Olishingiz ehtimoli
ko‘proq bo‘lgan manba bu – qarindoshlar va o‘rtoqlarin-
giz. Nima uchun? Negaki, Siz ularga ishonasiz. Ular esa
Sizni bilishadi va Sizga ishonishadi. Bundan tashqari ular
Sizning tijoriy rejangizni, jumladan, tijoriy siringizni ham
boshqa odamlarga ochmasliklari Sizga ma’lum. Qarindosh-
lar va o‘rtoqlar esa o‘z navbatida, Sizning ularga yuz beri-
shi mumkin bo‘lgan hech qanday muammo va asoratlar-
ni berkitmasdan, bo‘lajak biznes to‘g‘risida to‘liq axborot
170
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi yana
bir misol.
171
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi nav-
bat dagi misol.
Moliya
111
taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari hatto ish
boshidan muvafaqqiyatli bo‘lmagan va Sizda qiyinchiliklar
tug‘ilgan holatda ham Sizning yaqinlaringiz Siz ularning
manfaatlarini himoya qilish uchun bor imkoniyatingizni
ishga solishingizni bilishadi.
Endi agar Siz bankdan qarz olishga qaror qilganingizda
kelib chiqadigan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, Sizga
mutlaqo notanish bo‘lgan bank xizmatchisi bilan biznes re-
jangizni batafsil muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki xoh-
laysizmi? Axir bu variantda Sizga raqib bo‘ladigan boshqa
mijozga bu to‘g‘rida aytib berishi mumkinligi istisno qilin-
magan. Hattoki, Siz ushbu masalani hal etishga muvaffaq
bo‘lsangiz ham yana yangisi yuzaga kelishi mumkin va bu-
ning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Qarzlarni taqdim qilish qarorini qabul qiluvchi bank
xizmatchilari esa, mijozlarda bo‘lajak biznesning barcha
mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g‘risida ochiqchasiga ga-
pirib berish uchun asos mavjud emasligi bois ko‘pincha
qarzni taqdim qilishga shunchaki rozi bo‘lmaydilar
172
. Shu-
nisi ayonki, buni har qanday odam eng noiloj vaziyatdagina
oshkora qilishi mumkin. Axir buni “Hayot!” deydilar!!!
Shunday qilib, axborot almashinishda ish imkoniyatla-
riga nisbatan ma’lum bir tengsizliklar yoki nomutanosib-
lik yuzaga keladi: mijoz o‘zining bo‘lajak biznesi to‘g‘risida
bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning usti-
ga, Siz bankka qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisi-
ga o‘zi ning Siz uchun mutlaqo notanish odamligi, bank esa
biror-bir mas’uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi aniq
ma’lum. Demak, ishingizning borishi yomonlashsa, Siz unga
yaqinlaringiz mablag‘lari sarflanganida qanday yo‘l tutga
nin giz kabi harakat qilmas, ya’ni holatni to‘g‘rilash uchun
barcha imkoniyatlarni ishga solmas edingiz. Hatto, buning
ustiga, Siz bu biznesdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qili-
shingiz va qarzni to‘lamasligingiz ham mumkin. Shunday
172
“Bu misol ham “stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini yana
bir karra tasdiqlaydi.
|