T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
qilib, butun kuch bilan ishlash motivatsiyasi (stimuli) korxo-
na riskining bir qism boyligi qarz oluvchini qiziqtirmaydigan 
tashkilotga (masalan, bank yoki sug‘urta kompaniyasiga) 
ko‘chiri lishi natijasida pasayib ketadigan vaziyat ma’naviy 
risk yoki mas’uliyatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga 
misol bo‘lishi mumkin
173
.
2.7-nazorat uchun savol
Ma’naviy risk muammosi Sizga rejalashtirilgan biz nes-
loyihangizni amalga oshirish uchun mablag‘ olishingizga 
xalaqit berishi mumkin bo‘lgan vaziyatni misol keltiring. 
Ushbu muammoni bartaraf etish usullari qanday?
Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar bo‘lin-
magan hajmi natijasida ham yuzaga keladigan yana bitta 
muammo mavjud. Bu 
nomuvofiq (noqulay)
tanlov muam-
mosidir (adverse selection). Bu shu bilan xarakterlanadiki
unga ko‘ra riskning u yoki bu shaklidan sug‘urtani sotib 
oluvchi odamlar odatda, ushbu riskka butun boshli aholiga 
qaraganda ancha kuchliroq duchor bo‘ladilar. 
Bu vaziyatni 
umrbod renta
174
(life annuities) misolida 
ko‘rib chiqamiz. Umrbod renta
175
sug‘urtalangan odamga 
173
O‘zbek tilida ayrim o‘rinlarda ishlatilayotgan “rag‘bat” va “rag‘bat-
lantirish”ning o‘rniga “stimul” va “stimullashtirish”ning ishlatilish afzal-
ligi, maqsadga muvofiqligi va uning to‘g‘ri ekanligini anglash uchun kito-
bimizning ushbu qismida va uning keyingi o‘rinlarida bayon etilganlarni 
qayta-qayta diqqat bilan o‘qib chiqishingizni va uqib olishingizni so‘rardik. 
Aks holda, “rag‘bat” bilan “stimul” va “rag‘batlantirish” bilan “stimullasht-
irish” o‘rtasidagi farqni ko‘rolmasdan, hamon ojizligimizcha qolaveramiz.
174
“Renta” nemischa “Rente”, fransuzcha “rente”, lotincha “reddita” – 
qaytarib berilgan (narsa). 1. Mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanmasdan yer yoki mol-mulkdan foiz shaklida muntazam oladi-
gan daromadi. 2. Ayrim mamlakatlarda davlat zayomlari obligatsiyalari 
bo‘yicha foiz yoki yutuq shaklida to‘lanadigan daromad. Qarang: o‘sha 
manba. J.III. - B.376.
175
Xalqaro amaliyotda “life annuities”, ruschada “pojiznennaya renta” 
deb nomlanib kelinayotgan moliyaviy mahsulotning o‘ziga xos bu turini 
“umrbod renta” deb biz to‘g‘ri nomladikmi? U Sizga g‘alati tuyulmayap-
timi (eshitilmayaptimi)? Balki uni “hayotiy renta”, deb atash maqsadga 


Moliya
113
uning pensiyaga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha 
qayd qilingan summani oyma-oy to‘lashni ko‘zda tutgan 
shartnomani ifodalaydi. Bunday rentalarni sotuvchi firma 
ularni sotib oluvchi odamlar butun aholiday kutilayotgan 
uzoq umr ko‘rishlari taxminidan kelib chiqa olmaydi.
Masalan, tasavvur qilaylik, qandaydir bir firma pensiya
-
ga chiqayotgan (ya’ni masalan, 55-60 yoshdagi) odamlarga 
umrbod rentalarni sotmoqda. Odatda, butun aholi o‘rtasida 
bunday odamlarni uchta guruhga bo‘lishadi (yana har bir 
guruhdagilarning soni taxminan bir xil): “A” guruh umri-
ning davomiyligi 10 yilni, “B” guruhniki 15 yil, “V” guruhni-
ki esa 20 yilni tashkil etadi. 60 yoshga to‘lgan odamlar yana 
o‘rtacha 15 yil yashaydilar. Biroq agar firma, ushbu umr 
davomiyligining prognoz (bashorat) ko‘rsatkichlariga muvofiq 
polis narxini o‘zgartirsa, u rentani sotib olayotgan odamlar 
ko‘proq “A” yoki “V” shakliga tegishli ekanligiga is honch ho-
sil qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi pensionerlar uchun bu 
kabi bitim foydasizdir va ular bunday polisni sotib olmay-
dilar.
Agar umrbod rentani sotuvchi firma u yoki bu mijoz 
qay si guruhga (“A”, “B”, yoki “V”) tegishli ekanligini bilgan-
da va har bir odam umrining kutilayotgan davomiyligidan 
kelib chiqib narxni o‘zgartira olganda edi, unda hech qan-
day nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lma
-
gan bo‘lar edi. Biroq bu firmalar o‘z mijozlari umrining ku
-
tilayotgan davomiyligi to‘g‘risida axborotlar sonini oxirgilari 
egalik qilganidek yig‘a olmaydilar.
Modomiki, sug‘urtachi har bir mijoz umrining kutilayot-
gan davomiyligini aniq aks ettiruvchi narxni belgilashga 
qodir emas ekan, unda ko‘p sonli rentalar nomutanosib 
ra 
vishda hali ancha uzoq yashashni rejalashtirayotgan 
muvofiqdir? Nima dedingiz? Balki bu to‘g‘rida bir o‘ylab ko‘rarsiz?! O‘z 
an’analarimizga sodiq qolgan holda, har na qilsa ham shu onga qadar 
har narsani o‘z nomi bilan atashga harakat qilayapmiz. Bu o‘rinda ham 
shu vazifaning to‘liq uddasidan chiqishni juda-juda istardik. Shu bois yor-
damingizga muhtojmiz. Marhamat: o‘z variantlaringizni taklif qilishga bir 
urinib ko‘ring-chi?!


114

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin