98
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
5.2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish
(riskiy boshqaruv)
Moliyaviy tizim risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)
uchun imko-niyatlarni vujudga keltiradi. Pul resurslarini
moliyaviy tizim yordamida ko‘chirib o‘tkazishga o‘xshab,
risk ham ko‘chirib o‘tkaziladi. Moliyaviy tizimda vositachi-
lar, masalan, riskni ko‘chirish bilan bog‘liq faoliyatga ixti-
sos lashtirilgan sug‘urta kompaniyalari mavjud. Bu kom-
paniyalar o‘zlarining risklilik darajasini kamaytirishni xox-
lovchi mijozlardan maxsus sug‘urta pullarini undiradilar
va ularni ma’lum bir mukofot evaziga sug‘urta
talablarini
to‘lashga va riskni bo‘yniga olishga rozilik beradigan inves-
torlarga beradilar.
Ko‘pincha kapital va risk birgalikda (o‘zaro) bog‘liq
bo‘lib, bir vaqtning o‘zida moliyaviy tizim yordamida o‘tkazi-
ladi (ko‘chiriladi). Buning natijasida 4.2.1-chizmada ko‘rsa-
tilgan moliyaviy oqim risk oqimini ham tavsiflaydi. Ke
ling buni korxonalar moliyasi va ularning riskni o‘tkazishi
(ko‘chirishi) misolida ko‘rib chiqamiz.
Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz
va buning uchun Sizga 100,0 mlnso‘mlik kapital kerak. Mo-
domiki, Sizda shaxsiy jamg‘armalar yo‘q ekan, Siz
Dostları ilə paylaş: