T. S. Malikov moliya



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

2.1-nazorat uchun savol 
Bir omonatchi bank hisob raqamiga 5,0 mln. so‘m qo‘y-
di. Siz esa ushbu bankdan xuddi shu summaga talaba likka 
oid qarz olayapsiz. 2.2.1-chizmada keltirilganlar yordamida 
moliyaviy oqimlarning hosil qilgan harakat yo‘nalishini ku-
zating (aniqlang).
134
“Segment” lotincha “segmentum” – bo‘lak, laxtak; kesma. “Seco” 
– kesaman. Matematikada doiraning yoy va vatar bilan chegaralangan 
qismi; sharning kesuvchi tekislik bilan ajratilgan qismi. Anatomiyada 
ko‘p bo‘g‘inli jonivorlar tanasidagi har bir bo‘g‘in yoki umurtqa pog‘onasi-
ning har bir qismi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - B.471. Matematika va 
anatomiyada “segment” so‘zi ana shunday ma’nolarda ishlatilar ekan, un-
dan andoza olgan holda bir harakat qilib ko‘ringchi, iqtisodiyotda yoki 
zamonaviy moliyada u qanday ma’nolarda ishlatilishi mumkin ekan?


92
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
5-BOB. MOLIYAVIY TIZIM FUNKSIYALARI VA 
ULARNING EVOLYUTSIYASI
Turli mamlakatlar moliyaviy institut (muassasa)lari 
bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular 
qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik 
yoki oddiylik darajasi, shuningdek, davlatlarning siyosiy, 
madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan 
tashqari moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi 
bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning 
bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmas-
dan oldingiday qolishiga qaramasdan juda kuchli o‘zgari shi 
mumkin. 
AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 
yoki 1958-yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va 
shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar, 
deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. 
Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bi-
lan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar 
mavjud. 
Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy 
institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq 
qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning 
yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani 
o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondashuv)ni ishlab 
chiqishga harakat qilamiz. 
Foydalanilayotgan yondashuvning asosi shuki, mo‘ljal si-
fatida moliyaviy 
institut (muassasa)lar
ning o‘z-o‘zlari emas, 
balki ularning 
funksiyalari
olingan. Tahlilning bunday uslu-
bini biz funksional
135
yondashuv, deb atadik 
(functional per
­
spective).
U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:
• moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)
lariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu 
funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga bog‘liq ravishda kam-
135
Funksional – funksiyaga oid, vazifaga aloqador; vazifaviy. Qarang: 
J. IV. – B. 367.


Moliya
93
roq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha 
katta farqlanmaydi
136

• moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ular­
ning funksiyalaridan kelib chiqadi
137
. Moliya sohasidagi inno-
vatsiya
138
va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibat moli-
yaviy tizim faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi. 
Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan ibo-
rat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlil-
ning ko‘proq umumiy darajasida bu tizimning quyidagi olti-
ta bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish 
mumkin (5.1-chizma).
Resurslarni vaqt 
(zamon) va makonda 
joylashtirish 
Riskni boshqarish 
(riskiy boshqaruv)
Hisob-kitob- 
to‘lov tizimi 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin