T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
uchun shart-sharoitlarning ta’minlanishi moliyaviy tizim 
funksiyalaridan biri hisoblanadi. 
Masalan, agar talabalarga oid qarz
143
 
mavjud bo‘lmaganda 
edi, ko‘pchilik yoshlar, ularning oilalarida keyingi ta’lim oli-
shiga mablag‘ yo‘q bo‘lganligi bois, oliy ma’lumotli bo‘lishdan 
bosh tortishlariga to‘g‘ri kelar edi. Xuddi shuningdek, ko‘plab 
tadbirkorlar, agar aksionerlardan yangi odatda, riskning 
yuqori darajasi bilan xarakterlanadigan kompaniyalar tuzish 
uchun pul olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarida o‘zlarining 
bizneslari bilan shug‘ullana olmagan bo‘lar edilar
144
.
Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab 
joylashuviga yordam berishdan tashqari resurslarning ma-
konda joylashishida ham juda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi-
da u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan kapital undan yuqori samaradorlik bilan foyda-
lanish mumkin bo‘lgan joydan juda uzoqlikda joylashgan 
bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari O‘zbekiston-
ning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mum-
kin bo‘lgan kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish 
yo‘li bilan yig‘a oladilar.
 
Moliyaviy tizim ham pul resursla-
rini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam 
beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan 
ikkitasini keltirsak yetarli: birinchidan, nemis fuqarolari 
O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan qimmatli qog‘ozlarni 
sotib olishlari mumkin; ikkinchidan, Germaniya banklari 
O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin
145
.
143
Aslida bunday qarzning mavjudligini ayrim yoshlarimiz hamon yetarli 
darajada his qilayotganlari yo‘q. Holbuki, bu ota-onalarimizning xizmat-
lari natijasi ekanligini ular har qadamda idrok etmoqlari lozim. Va bu nar-
sa ota-onalar oldida farzandlarning bir umrga qarzdor ekanliklarini yana 
bir marta tasdiqlovchi dalillardan biridir.
144
Mamlakatimizda ushbu abzatsda bayon etilgan imkoniyatlardan 
foydalanish darajasi qanday? Agar u sog‘lom darajada bo‘lmasa, bun-
ing sabablari nimalardan iborat? Shu nuqtai-nazardan moliyaviy tizim 
1-funksiyasining amal qilish holatini qanday baholaysiz. Bunga kim (yoki 
nima) aybdor (sababchi)?
145
Bir mulohaza yuritingchi, mamlakatimiz taraqqiyoti va aholisining 
tur mush sharoitini yaxshilash nuqtayi nazaridan bu yerda qanday zahi-


Moliya
97
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib 
va murakkablashib borgani sari moliyaviy tizim uning sub-
yektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va makonda ko‘chirib 
o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari bilan 
ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kun-
da mavjud bo‘lgan bozorlar va moliyaviy tizim vositachilari-
ning o‘ta murakkab tarmog‘i yapon ishchisining pensiyaga oid 
jamg‘armasini amerikalik yosh oilalarga uy sotib olishlarini 
moliyalashtirish uchun ishlatilishiga imkoniyat yaratmoqda. 
Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samara-
dorligini oshirishga katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. 
Ular tufayli defitsitli pul resurslari vaqt (zamon) va makon 
bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori daromad 
keltirmaydigan joydan oqib keladi va katta foyda keltiradigan 
joyda ishlatiladi
146
. Masalan, faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z 
jamg‘armalarini uyidan tashqariga chiqmasdan investitsiya 
qilishga majburlar
147
. Bunda “A” oila jamg‘armasi bo‘yicha yil-
lik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, “B” oila 
esa o‘zining jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoni-
yatiga ega. “A” oilaning jamg‘armasini jalb qilib, “B” oilaga 
qarzga beruvchi investitsion kompaniya tuzish yo‘li bilan ik-
kala jamg‘armaning samaradorligini oshirish mumkin. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin