T. S. Malikov moliya


Moliyaviy tizim funksiyalari



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

Moliyaviy tizim funksiyalari 
Stimullashtirishning 
psixologik 
muammolarini
yechish 
Resurslarning 
birlashishi va 
kapitaldagi ishtirok 
ulushining bo‘linishi 
Informatsion qo‘llab-
quvvatlash (axborot 
ko‘magi) 
5.1-chizma.
 Moliyaviy tizim funksiyalari
Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘-
ladi:
136
Buni misollar keltirib, izohlab berishga harakat qilingchi?!
137
Buni isbotlay olasizmi?
138
“Innovatsiya” inglizcha “innovation” – kiritilgan yangilik, ixtiro. Iqti-
sodiy nuqtayi nazardan: 1) texnika va texnologiyaning yangi turlari (avlod-
lari)ni joriy etish maqsadida iqtisodiyotga sarflarngan mablag‘lar. 2. Ilg‘or 
texnika va texnologiya, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va 
ularning turli sohalarda qo‘llanilishi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.212.


94
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
• 
iqtisodiy resurslarning 
vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), 
davlat chegarasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan 
boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) 
usulini ta’minlash;
• 
riskni boshqarish (riskiy boshqaruv)
139
usullarini ta’-
minlash;
• savdoga imkon yaratadigan 
hisob-kitobni amalga oshi-
rish va kliring
140
usullarini ta’minlash;
• 
moliyaviy resurslarni birlashtirish 
va turli 
korxonalar­
da egalikning bo‘linishi 
mexanizmini ta’minlash;
• iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilish
-
ning markazlashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish im
-
konini beradigan 
narx-navo (baho) axboroti
bilan ta’minlash; 
• 
stimullashtirish
141
muammolarini hal qilish
usullarini 
ta’minlash.
139
Ingliz tilidagi “risk managment” iborasi rus tiliga “upravlenie riskom” 
deb tarjima qilingan bo‘lsa, u Ona tilimizda qanday tarjima qilinmog‘i lozim? 
“Riskni boshqarish” debmi yoki “riskiy boshqaruv”? Bularning qay birini 
to‘g‘ri yoki muvaffaqiyatli tarjima, deb hisoblash mumkin? Va nima uchun? 
“Riskni boshqarish”ning ruscha varianti “upravlenie riska” emasmi? “Risk-
ni boshqarish” bilan “riskiy boshqaruv” o‘rtasida farq bormi? Bor bo‘lsa, 
ular nimalardan iborat? O‘zbekcha taklif qilingan har ikki variantdan qaysi 
biri jarayonning mazmun-mohiyatini o‘zida to‘liqroq va to‘g‘riroq mujassam 
etadi deb o‘ylaysiz? Bu boradagi argumentlaringizni keltiring-chi?!
140
“Kliring” inglizcha “clearing” – hisob-kitob qilish. Mamlakatlar, kom-
paniyalar, korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro talab va majburiyatlar asosida 
naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.383
141
Ushbu so‘z Ona tilimizda ilk bor ana shu shaklda ishlatilmoqda. Shu 
bois uning “g‘alati” eshitilishi, quloqni “arralashi” turgan gap. Bu – tabiiy, 
albatta. Shu bois, bu so‘zning Ona tilimizda yashab ketishi yoki ketmasligi-
ni vaqt ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da, zamonaviy o‘zbek tilida “elektrlashti-
rish”, “avtomatlashtirish”, “gazlashtirish” va h.k. shunga o‘xshash yuzlab 
so‘zlar muvaffaqiyatli ishlatilayotgan va ularga hech kim shubha bilan qa-
ramayotgan bir paytda bu so‘zning Ona tilimizda o‘z o‘rnini topishiga biz 
qat’iy ishonamiz. Chunki, biz bu o‘rinda, aslida, qaytadan “Amerikani kashf 
etgan”imiz yo‘q. Bor-yo‘g‘i o‘zbek tilida ishlatilishi mumkin bo‘lgan “stimul” 
so‘ziga “-lashtirish” qo‘shimchasini qo‘shib ishlatdik, xolos.
Albatta, “stimullashtirish” so‘zining o‘ziga xos tarzda “qorishma”, “ara-
lashma”, “omuxta” yoki “vnigret” so‘z ekanligi ba’zi-birovlarni tashvishga 
solishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, bizningcha, bunday atama ilmiy va 
amaliy aylanma (muomala)ga kiritilishining o‘ziga xos sababi bor. Chunki, 
mualliflar fikricha, bu so‘zning o‘rniga hozirgi paytda iqtisodiy adabiyot-


Moliya
95
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri boshqa-
si bilmagan axborotga egalik qilganda yoki ishtirokchilar-
dan biri ikkinchisi nomidan agent (komissioner) sifatida ish 
ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi.
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘til-
gan moliyaviy tizim barcha funksiyalarining to‘liqroq tu-
shunchasini berishga va ularning xarakteri vaqt (davr, 
zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘r-
sa tishga harakat qilamiz. 

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin