Moliya
77
•
biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘pin-
cha bir necha uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslarini
birlashti rish zarur bo‘ladi;
•
iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)-
lik sharoitida investorlar mablag‘larni turli firmalarga tikish
(joylashtirish) orqali riskni taqsimlash to‘g‘risida qaror qa-
bul qilishlari mumkin. Kompaniya mulkiga egalik huquqini
uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday taqsimotni
amalga oshirishning iloji yo‘q;
•
ma’lumot to‘plashga ketadigan mablag‘larni tejash
uchun;
•
ta’lim olish egri chizig‘i effekti (samarasi) yoki faoliyat
yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi)ni amalga oshirish
uchun. Faoliyat yuritib turgan tashkilot effekti (samarasi)
esa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: agar kompaniya egasi bir
vaqtning o‘zida firma menejeri ham bo‘lsa, kompaniyaning
yangi egasi yangi biznesni muvaffaqiyatli boshqarish uchun
undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Aksincha,
agar kompaniya egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa,
biznes sotilgan taqdirda ham tajribali menejer tashkilotda
ishlashda davom etadi. Faqat endi u boshqa xo‘jayinga ish-
laydi (xizmat qiladi), xolos.
Dostları ilə paylaş: