T. S. Malikov moliya


T.S.Malikov, N.H.Haydarov



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/193
tarix27.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#200010
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193
Moliya 2018 (o\'quv qo\'llanma)

T.S.Malikov, N.H.Haydarov
 II QISM. MOLIYAVIY TIZIM
 
4-BOB. MOLIYAVIY TIZIM VA MOLIYAVIY OQIMLAR
Zamonaviy moliyaning oldingi boblarida Sizga to‘g‘ri 
moliyaviy qarorlar qabul qilishga yordam beradigan asosiy 
holatlarni (shu jumladan, asosiy maqsadni ham) yoritish-
ga harakat qilgan edik. Shuni alohida qayd etish joizki, 
bu qarorlar doimo o‘zining qatnashchilari harakatlarini bir 
vaqtning o‘zida ham osonlashtiradigan, ham qiyinlashtira-
digan moliyaviy tizimning umumiy holatini hisobga olgan 
holda yuzaga keladi. Shunday ekan, qaror samarali bo‘lishi 
uchun eng avvalo, moliyaviy tizim faoliyati (amal qilishi) 
prinsiplarini uzil-kesil (batafsil) bilish, ularni to‘g‘ri idrok et-
moq va ularga so‘zsiz rioya etmoq lozim. Nega? Haqiqatdan 
ham nega moliyaviy qaror samarali bo‘lishi uchun eng av-
valo, moliyaviy tizim faoliyati (amal qilishi) prinsiplarini bi-
lish, ularni uzil-kesil (bataf-sil) to‘g‘ri idrok etmoq va ularga 
so‘zsiz rioya etmoq lozim? Qarorning samarali bo‘lishida bu 
narsalar (moliyaviy tizim faoliyati (amal qilishi) prinsiplari) 
shunchalik muhimmi? 
Muhim bo‘lganda qandoq! Buni to‘g‘ri tushunish uchun 
e’tiboringizni quyidagi oddiy misolga qaratmoqchimiz: fut-
bol – millionlar o‘yini. Uning chiroyli, qiziqarli va yuqori 
saviyada bo‘lishini kim istamaydi, deysiz? Futbolning 
shunday bo‘lishi eng avvalo, nimaga bog‘liq, deb o‘ylaysiz? 
Nima desangiz ham mayli, lekin bu narsa eng avvalo, fut-
bol o‘yinining asosiga qo‘yilgan prinsip-qoidalarga bog‘liq. 
Ishonmayapsiz-a? Unda quyidagilarga bir e’tibor bering: 
jarima maydonida raqib o‘yinchisi yiqitilganda 11 metrlik 
jarima to‘pi belgilanmasa, to‘p darvoza yon chizig‘ini ke sib 
o‘tganda burchak to‘pi tepilmasa, to‘p maydondan chetga 
chiqib ketganda, o‘yinga chetdan qo‘l bilan kiritilmasa va 
h.k. bularning barchasi o‘yin qoidasi (prinsipi) sifatida e’tirof 
etilmasa-da, ularga so‘zsiz rioya qilinmasa, futbol ning futbol-
ligi qolarmidi? U millionlar o‘yiniga aylanarmidi?...


Moliya
81
Umuman olganda, hayot tajribasining ko‘rsatishicha, 
har qanday vaziyatda ham muammolarning oqilona va 
odilona hal etilishi eng avvalo, uning negiziga qo‘yilganlar 
qanday tartib-qoidalarga, prinsiplarga bog‘liq
113
. Prinsiplar 
to‘g‘ri, o‘rinli va asosli belgilangan (tanlangan) bo‘lsa, ular 
muammoning muvaffaqiyatli yoki ijobiy hal etilishiga xiz-
mat qiladi va aksincha. Shuningdek, prinsiplarning qan-
dayligi muammoning qanday hal etilishini, jumladan, qan-
day moliyaviy qaror qabul qilinishi mumkinligini ham bel-
gilab beradi. Ularning samaradorligini ham prinsiplardan 
ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Hatto “taqdir”imizning 
qanday ekanligi ham aslida o‘zimiz uchun qabul qilgan 
“prinsip”larimizga bog‘liq
114
. Hayotda “omadli” yoki “omad-
siz”ligimizni ham shular belgilab beradi. Prinsiplarim-
iz o‘ziga xos tarzda, hayotimiz “oshig‘i”ning doimo “olchi” 
yoki aksincha bo‘lishiga xizmat qiladi. “Manglayimizning 
qaroligi” yoki “peshonamizning yaltiroqligi”ni ta’minlash-
da ular muhim o‘rin tutadi. “Kelajagimizning porloqligi”ni 
ham o‘zimiz uchun qabul qilgan prinsiplarimizdan mustaqil 
(ajralgan) holda tasavvur etish mumkin emas. Hayotimiz 
davomida qadam-baqadam “ko‘klarga ko‘tarilish”imiz yoki 
ertaroq “qaro yer sari yo‘l olish”imiz ham avvalo, prinsiplari-
mizdan boshlanadi.
113
Esingizdami, 2008-yilning avgust oyida Janubiy Osetiya masalasida 
Rossiya va Gruziya o‘rtasida nizo kelib chiqqanda, uni hal qilish uchun 
vositachilik qilgan Frantsiya Prezidenti N.Sarkozi va Rossiya Federatsiya-
si Prezidenti D.Medvedev tomonidan birinchi navbatda nima ish qilingan 
edi? Eng avvalo, vujudga kelgan muammoni hal etishning 6 prinsipi ish-
lab chiqilgan edi, to‘g‘rimi? Ularga qat’iy ravishda rioya qilindi. Natijada 
mintaqada muammo muvaffaqiyatli hal etildi – tinchlik ta’minlandi.
114
Bu fikrga qo‘shilmaysizmi? Unda o‘z argumentlaringizni keltiring-
chi?! Nega ayrimlarga nisbatan “Falonchi juda prinsipli odam-da!”,- de-
gan gapni eshitsak (bu uning, asosan, ijobiy sifati tarzida qabul qilinadi), 
aksincha, boshqalarga nisbatan esa “Falonchining tayini yo‘q. U beta-
yin, prinsipsiz odam!”,- deymiz (bu esa uning salbiy jihati sifatida talqin 
qilinadi). Nega “prinsipli” odamga yaqinlashishga intilsak, “prinsipsiz”dan 
uzoqroq yurishni o‘zimizga ep ko‘ramiz? Xullas, moliyaviy qaror lar qabul 
qilishda har qanday subyektning “printsipli” yoki “prinsipsiz” ekanligi 
prinsipial ahamiyatga ega ekanligiga shubhangiz bormi?


82

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin