86
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
ka
122
kreditlarini berish, sug‘urta
shartnomalarining keng
doirasiga hamda o‘zaro jamg‘armalarda ishtirok etishga yo‘l
ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi)
xarakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari
bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i
orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli
qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu-kun-
duz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar
Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yan-
gi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda
u sarmoyaga
oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan,
aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond bir-
ja
123
larida sotish yoki biror-bir yapon
pensiya fondidan qarz
olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘nggi
holatda qarz yevro, shuningdek,
yapon iyenasi yoki AQSh
dollarida ham taqdim etilishi mumkin
124
.
Dostları ilə paylaş: