T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188
Mutaxassislikka kirish

2.4. AQLIY MEHNAT GIGIYENASI
Har bir sohada bo‘lgani singari aqliy mehnat borasida ham 
ishni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish, uning m adaniyatini yuqori 
darajaga ko‘tarish muhim ahamiyatga egadir. Aqliy mehnatni 
to‘g‘ri tashkil etish esa har bir kishining o'z kun tartibini (mehnat 
qilish, dam olish, ovqatlanish kabi) qanday uyushtira olishga, 
o‘z ish rejasi va grafigini qat’iy bajarishga, mavjud axborotlar va 
yangi adabiyotlardan ish jarayonida lahsil ko'rishda, ilmiy tadqiqot 
faoliyatida unumli hamda o‘rinli foydalana olishga bogliqdir. Aqliy
90


m ehnatning o‘ziga xos tom onlari mavjud. 0 ‘z mustaqil ishingizni 
tashkil etar ekansiz, siz aqliy m ehnatning o‘ziga xos shu tomonlarini 
bilishingiz va uni hisobga olishingiz, aqliy m ehnat gigiyenasiga 
to la rioya qilishingiz zarur. Ishni har doim aniq belgilangan joyda 
boshlash va davom ettirish tavsiya etiladi. Eng ma'quli kutubxona, 
xona va tajriba xonada ishlashdir. Bu ishning ish unumdorligiga 
ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Chunki bunday joylarda mehnat unum i yaxshi 
bo‘ladi. Sharoit va osoyishtalik hukm suradi. Bu esa o‘z navbatida 
kishida ishlash kayfiyatining uyg‘onishiga va oshishiga olib keladi. 
Uyda shug‘ullangan vaqtingizda esa boshqa ishlar bajarilmaydigan, 
faqat o‘z o'quv m ashg‘ulotlaringiz uchun ajratilgan m uayyan joyni 
tanlab olishga harakat qiling. Bunday qoidani ahamiyatsiz deb 
hisoblamang, chunki shunday sharoit muhayyo b o isa , sizda odat 
hosil bo‘lgach, ishni dangal boshlab vuborishga xohish paydo qilish 
uchun stulga o‘tirish kifoya. Ish joyiga o‘tirgach, fikrni faqat bir 
nuqtaga yo‘naltirish kerak.
Gigiyena ish joyini to 'g‘ri tashkil etishni talab qiladi. Chiroq nuri 
chap tom ondan tushib turishi kerak. Stol ustida ish maydonchasining 
yoritilish darajasi 100 lyuks, lampochka, abajurli, 60 vatt b oiishi 
lozim. Kerakli kitoblar, qaydlar, qog‘oz, ruchka va boshqa ish 
qurollari aniq belgilangan joyda turishi zarur.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish, o‘z navbatiga, m ehnat 
sharoitining yaxshilanishiga, ish unum ining samarali bo‘lishiga, 
o‘zlashtirish darajasining oshishiga olib keladi. Shu sababli o’quv 
m ehnatiga salbiy ta’sir qiladigan faktorlardan uzoqroq bo‘lgan 
m a’qul.
Ilm -fanni o‘zlashtirishda xotira m uhim o‘rin egallaydi. Inson 
xotirasi juda qiziq va m uhim xususiyatlar bilan ajralib turadi. 
M asalan, 70-yil um r ko‘rgan kishining xotirasi m ana shu vaqt 
mobaynida ro‘y bergan barcha voqealarning atigi 5 foizini tiklab 
olish qobiliyatiga egadir. Lekin xotirasi o‘tk ir kishilar ham uchrab 
turadi.
Aqliy m ehnatning ham m a soatlari bir xil unum li bo‘lmaydi. 
Ish kuninnig so‘nggi soatlari kam m ahsul ekanligi ham m aga ayon.
91


Xo‘sh, unday bo4Isa, eng sermahsui soatlar deb qaysi vaqtlarni 
tushunamiz. M utaxasssislar turli fiziologik usullar yordamida 
buni aniqlaganlar. Ish kunining uchinchi va to‘rtinchi soatlari eng 
sermahsui va samarali bo‘ladi. 0 ‘qish jarayonida esa ikkinchi va 
uchinchi ju ftlik soatlar eng serunum hisoblanadi.
0
‘tirib yoki yaxshi tik turib ishlash kerak, yonboshlab yoki 
yotib o‘qish zararli, chunki organizm bo‘shashadi, ko‘z charchaydi, 
oqibatga o‘zlashtirish ham koiigildagidek bo‘lmaydi. Surunkasiga 
o‘tirish ham zararli, chunki bo‘y in va belga y u k tushadi. Bosh 
qarab egib turiladi va m uskullar uzoq vaqt davomida tu rg lun 
holatda qoladi. Asab m arkazlari shunday charchaydiki, bosh 
xuddi osilib tushayotgandek bo‘lib tuyuladi. Gavdaning oldinga va 
chapga egilgan holatga turishi oqibatida um urtqa suyagi qiyshayib 
qolishi mumkin. 0 ‘ng q o i ju d a qiyin ahvolda ishlaydi. Chunki, u 
harflarni yozish paytida bo‘g"inlar va yelka suyagi orqali minglab 
nozik, qat’iy boshqariladigan harakatlarni am alga oshiradi va ayni 
paytda gavdaning yuqori qism i uchun suyanchiq b o iib xizm at 
qiladi, ya’ni dinam ik va tu rg;un ishni bir-bir bilan muvofiqlashtirib 
boradi. Bu ancbagina noqulay holat b o iib , ko‘krak qafasining 
qovurg‘alari yaxshi harakatlana olmaydi, olinadigan havo hamji 
keskin kamayadi, o‘pka, ayniqsa, uning chap qismi biroz qisiladi. 
Yurak m uskullari va miyaga qon kelishi kamayadi, yurakda og‘riq 
sezila boshlaydi, bosh og’rig‘i paydo bo iad i. Charchashning 
oldini olishda gavda holatini o‘zgartirib turishning ahamiyati juda 
katta. Buning uchun o‘rindan turm asdan bel va yelkani rostlash, 
oyoqlarning chigalini yozish, q o ila rn i kerish, boshni bir necha 
m arta burish, tirsak va panjalarni uqalab turish foydali. Agar o iirib
ish qilayotgan boisang iz, qon tashuvchi tom irlaringizning iloji 
boricha qisilib qolmasligiga e ’tibor bering. Stolga faqat kaft bilan 
suyanilsa, yozish ancha yengil bo iad i, q o i charchamaydi. Ko‘z 
va bo‘yinni charchatm aslik uchun kitob doim ko'z o‘ngida turishi 
kerak. Y o ru g iik ko‘zni qam ashtirm asligi, stol ustidagi narsalar 
s h u ia sochmasligi lozim. Stol ustini yashil qog‘oz bilan qoplash 
foydali., chunki ko‘z charchaganda yashil rangga qaralsa, charchoq 
92


bosiladi. Tik turib ishlash butun a’zolarning normal faoliyati uchun 
anch yaxshi sharoit yaratadi. Bunda um urtqa suyagi tik holatda 
turadi, y uk ovoqqa tushadi.
Z o‘r berib ishlayotgan paytingizda o‘z ahvolingizdan voqif 
bo'lib turing. Agar ilgari xavolingizni buzgan tovushlar endi halaqit 
berayotganligini sezsangiz, kitobni qayta-qayta o‘qib hech narsa 
anglam asangiz, demak charchabsiz. Joyingizdan turing, uyoq- 
buyoqqa yurib dam oling.
M ashg‘ulot paytida har xil fanlarni alm ashtirib o‘qing: ijtimoiy- 
siyosiy fanlar, tabiiy fanlar, m utaxassislik fanlar va shu kabilar. 
Har 4 0-5 0 daqiqada tanaffus qiling. Bu bir necha soat davomida 
aqliy mehnat bilan shug‘ullanish uchun m iyaning normallashishiga 
imkon yaratadi. Tanaffus vaqtida boshqa ish bilan m ashg‘ul boTish 
kerak. Shu vaqt ichida ish joyini shamollatish, bir necha jismoniy 
m ashqlarni bajarish, deraza va darcha oldiga borib nafas olish juda 
muhimdir.
M aterialni esda saqlash va chuqur o‘zlashtirish uchun vazifalarni 
topshirish arafasida emas, balki o'sha vazifa topshirilgan kundan 
boshlab tayyorlab borish lozim.
Uyqu biologik ehtiyoj hisoblanadi, lekin ular barchada bir xil 
emas. Ushbu o'rinda uning ayrim xususiyatlarini qayd etamiz. 
Hayvonlar ozuqasiz 30 kun yashasa, uyqusizlikdang esa 15-20 
kunda qattiq asabiy azobdan oTadi. 0 ‘zingiz uchun m uayyan 
belgilangan uyqu vaqtini ajrating. Uyqu - passiv dam olishdir. Passiv 
hordiqning m iqdori yoshga qarab har xil: bolalar uchun 9-11 soat, 
o‘smirlar va 50 yoshgacha boTgan kishilar uchun 7 -8 soat uxlash 
kifoya. To‘yib va m iriqib uxlam aslik m iyaning tez charchashiga 
sabab bo'ladi. 0 ‘zingiz obzingizni kuzatib boring: agar tushingizda 
gapirsangiz m asala yechsangiz, chizmalar, varaqlar qoTyozmalarni 
titkilasangiz demak, uyqungizda aqliy m ehnatni davom ettirgan 
bo'Iasiz. Bu asab im pulslarining uxlash uchun torm ozlanm agan va 
m iyaning bir qadar darm onsizlanishi oqibatidir. Uyqu buzilishiga 
qarshi kurashning sinalgan chorasi uxlashdan oldin 25-30 minut 
ochiq havoda aylanib yurish va uyquga yetarli vaqt ajratishdir.
93


Faol dam olish juda muhim. Bunga sport m ashg‘ulotlari, sayr, 
o'yinlar, teatr, kino, ekskursiya kiradi. Shuning uchun yakshanba 
kunlarini albatta, quvnoq va qiziqarli dam olish bilan o‘tkazisb 
kerak. Hafta davomida haddan ziyod toliqishga yo‘1 qo‘ym aslik 
uchun 2-3 m arta sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmaslik 
lozim. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, sport bilan shug‘ullanish 
m ashg‘ulotning samarali bo‘lishiga yordam beradi.
Aqliy m ehnatning unumdorligini oshirish uchun har qanday 
ishga bafurja kirishing, muayyan mehnat maromini saqlang, har bir 
ishni muntazam o‘z navbati bilan bajaring.
Har qanday holatda ham ovqatlanishni unutmang. Har doim 
ovqatga 15 daqiqa qolganda ishni to‘xtatish lozim. Ovqatlanib 
boMgach, 30-50 daqiqa dam olish foydalidir. Uxlashga 15-20 daqiqa 
qolganda, ishni to‘xtatib dam oling.
Oliy o‘quv yurtida o‘quv kurslari bilim larni qat’iy izchillik bilan 
o‘zlashtirishga moMjallangan. Shuning uchun fan asoslarini puxta 
egallamasdan turib, murakkab m asalalalarni o‘rganish m um kin 
emas. 0 ‘zingizni har kuni aqliy mehnat qilishga o‘rgating.
Xullas, oliy m aktabda muvaffaqiyatli o‘qish, m azmunli, maroqli, 
m ukam mal hayot kechirish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1. Kundalik reja, uyqu, ovqatlanish, m ehnat rejimi, ortiqcha 
charchashga yo‘l qo'ym aslik bilan birga bo‘shashib qolish, ishning 
og‘irligi va xilm a - xilligidan dovdirab, ruhiy tushkunlikka ham 
berilm aslik lozim.
2. Ishni reja bilan olib borish. Vazifalar qanchalik murakkab 
bo"Isa, vaqtni shunchalik qat’iy rejalashtirish lozim. Rejani amalga 
oshirishda aniqlik va puxtalikka rioya qilish darkor.
3. Aqliy m ehnat gigiyenasi talablariga rioya qilish zarur.
4. Sport bilan shug'ullanish orqali organizmni m ustahkamlash 
va chiniqtirish. Agar sport bilan shug‘ullanm asangiz, m uskullarning 
jism oniy quvvati, chidamliligi, ta’sirchanligi va mehnatga layoqati 
pasayadi, m odda almashinuvi, asab sistemasining o’zaro aloqasi 
buziladi. Natijada, xastalik kayfiyati tu g ‘iladi va aqliy mehnat 
ko'ngilga ura boshlavdi.
94



Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin