T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


KITOB USTIDA ISHLASH VA UNING BOSQICHLARI



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   188
Mutaxassislikka kirish

2.2. KITOB USTIDA ISHLASH VA UNING BOSQICHLARI
Kitob har bir kishida, ayniqsa, yoshlarimizda onglilikning shakl- 
lanishida, nutq madaniyati va lug‘at bovligini o‘stirishda, hayotda o‘ziga 
munosib o'rin topishda, kasblarni to‘g‘ri tanlashda, dunyoqarashning 
kengayishida 
va 
takomillashuvida 
yaqindan 
yordam 
beradi. 
Yoshlarimizni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun o‘qituvchi- 
pedagoglarimizning o‘zlari ham aktiv kitobxon bo‘lishlari va kitoblarni 
ko‘z qorachig'idek saqlashda namuna ko‘rsatishlari kerak.
Kitob bilan ishlashning birinchi bosqichida 
adabiyotlar 
tanlanadi, ya’ni zaruriy kitoblar jam lanadi. Sizga birinchi kurs 
talabalariga o‘qitiladigan har bir fan yuzasidan tuzilgan o‘quv 
dasturida ko'rsatilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati 
hamda har bir o‘qituvchining u yoki bu m asala yuzasidan chop 
etilgan yangi asarlarni o‘qish lozimligi haqidagi ko‘rsatm alari bu 
masalani hal etishda yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga, har 
bir talaba o'zini qiziqtirayotgan masalalarga taalluqli adabiyotlarni 
mustaqil ravishda topishga odatlanishi kerak.
Kitob ustida ishlashning ikkinchi bosqichida 
kitoblarni 
o‘rganishga va tahlil qilishga kirishiladi. Bu bosqich ham o‘z tartibi 
82


va qoidasiga ega. Kitob varaqlab ko‘riladi. Oldin m uallif norni, 
kitobni qanday atalishi, qayerda va qachon nashr etilganligi bilan 
tanishib chiqasiz. Bu m aium otlarning o‘ziyoq qimmatli axborot 
beradi. Chunonchi: agarda kitob yaqinda chop etilgan bo'lsa, 
unda yangi tariflar, so‘nggi yutuqlar qamrab olingan bo’ladi. 
Yangi muhim m asalalar bayon etilgan b a lsa , basharti, kitob 
qayta to idirilib, nashr etilgan b o isa, oldingi nashri ijodiy baho 
olganligidan darak beradi.
Titul varaq bilan tanishib chiqqandan stvng. kitobning mun- 
darijasini sinchiklab o‘rganish zarur. Chunki m undarijada kitob­
ning rejasi, qisqacha m azm uni aks etgan bo'ladi. Agarda kitob 
darslik yoki o‘quv qoTlanmasi bo‘lsa, mimdarijasini o‘quv dasturi 
solishtirib, uning qanchalik mos kelishini aniqlash, so‘ngra o‘rganish 
zarur b o ig an qismlar, boblar, paragraflarni belgilab chiqish kerak. 
Titul varag‘ining orqasidagi annotatsiyani (kitobning qisqacha 
m azm uni) birinchi galda o‘qib chiqish zarur. Ko‘pincha, qisqa yozuv 
o‘rganilayotgan m asala yuzasidan tanqidiy baho va asosiy g‘oyalar 
qisqacha berilgan boTadi.
Kitobni shu tarzda ko‘zdan kechirib boigach, uning so‘z boshisi 
yoki m uqaddima qismini o'qib chiqish kerak. Ular avtor yoki 
mu-taxassis kitobida ilgari surilgan g‘oyani tushuntirib beradi, hal 
qilinayotgan m uam m oning mohiyati va uning qanday yechilishi, uni 
hal qilishga yondashish yoTlari xususida qisqacha axborot beradi.
Kitobni qay tariqa jiddiy o‘qish mumkin? Maqola yoki risolani 
bir y oia o‘qib tushunish kerak, katta kitob yoki darslikni esa ayrim 
boblar yoki tugal bo'limlariga ajratib o‘qish tavsiya etiladi. Kitobni 
o‘qib chiqqandan so‘ng o'rganilayotgan masala yuzasidan qisqacha 
qilib mazmunini yozib olish kerak, alohida boblarni o‘qiganigizda 
ham shunday qiling. Basharti bir necha manba ustida ishlayotgan 
boTsangiz, har bir kitobni alohida o‘qib chiqing va reja tuzing. Bu 
rejada o‘rganishingiz lozim boigan hamma boblar, paragraflarni birrna- 
bir yozib chiqing, so‘ngra ikkinchi marta sinchiklab o'qib chiqing.
Kitob ustida ishlayotgan vaqtingizda uning har bir b oiim i 
yuzasidan asosiy mazmuni bo‘yicha xulosa chiqarishga harakat 
qiling va bunga o‘zingizni o:rgating.
83


Oliy o'quv yurtiga qadam qo‘ygangizdan boshlaboq m untazam
bilim ingizni oshirib borishga o‘zingizni odatlantiring. 0 ‘tgan 
ishni o'zlashtirm asdan turib, navbatdagi yangi ishga urinmang. 
0
‘qiyotgan vaqtda m asalaning m ohiyatini to'liq tushunib olish 
m uhim dic Shuning uchun ham kitobni diqqat bilan sinchiklab, 
ba'zi bir tushunilm agan joylarini erim nasdan, qayta-qayta o qish va 
mulohaza yuritish lozim.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin