Reja: Test topshiriklariga qo’yiladigan didaktik talablar



Yüklə 110,26 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü110,26 Kb.
#203562
  1   2
test tuzishning asosiy qoidalari


Mavzu:Test tuzishning asosiy qoidalari
Reja:
1. Test topshiriklariga qo’yiladigan didaktik talablar.
2. Test rejasini ishlab chiqish.
3. Fan bo’limlari bo’yicha test rejasi.
4. O’quv materialini o’zlashtirish darajalari bo’yicha test rejasi.

K i r i sh




O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrda mamlakatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari qatorida ta’lim tizimi, uni tarkibiy qismi bo’lgan Oliy va o’rta maxsus ta’limi ham tub islohotlarni boshdan kechirib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida» gi qonunning qabul qilinishi (1997 yil, 29 avgust) va ularda mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va bosqichlarini belgilab berganligini alohida ta’kidlash lozim. Milliy mustaqillik g’oyalari singdirilgan bu tarixiy hujjatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimini o’rganishga ham keng yo’l ochildi, iqtidorli yosh olimlarimiz va talabalar «Ustoz» va «Umid» jamg’armalari orqali rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishdek baxtga muyassar bo’lmoqdalar. O’z navbatida xorijiy mutaxassislar ham mamlakatimiz ta’lim tizimida ro’y berayotgan islohotlarni o’rganib, ularga ijobiy baho bermoqdalar. Bu kabi o’zaro aloqalar o’z navbatida mamlakatimiz ta’lim tizimiga rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’z milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan tahlil qilib, o’quv jarayoniga joriy etishni ham taqozo qilmoqda. Zero, bu kabi amaliy ishlar mamlakatimiz ta’lim tizimini jahon ta’lim standartlari bilan integrasiyalashuvining asosiy belgilaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» alohida ko’rsatib o’tilgan.
Kasbiy ta’lim yo’nalishlari talabalarini ilg’or pedagogik texnologiya va uni o’quv jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli axborotlar bilan qurollantirish maqsadida yaratilgan. U uch bo’limdan iborat:
I bo’lim - Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari, II bo’lim - Testshunoslik asoslari, III bo’lim -To’la o’zlashtirish texnologiyasi. Bo’limlar mazmunini yoritishda AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma’qullanib 30 ga yaqin rivojlangan mamlakatlar (Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malaziya va h.k.) ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning odatdagi o’qitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, O’zbekiston ta’lim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, test topshiriqlari shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, o’quv materialini to’la o’zlashtirish g’oyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Har bir mavzuga oid mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar va turli shakldagi nazorat testlari berilgan. Tuzilgan test topshiriqlari faqatgina o’zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o’rgatuvchi (o’qituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki, bu test topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda o’zlashtirishga ham erishiladi.
1.Test topshiriqlariga qo’yiladigan didaktik talablar. Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo’llashga yaroqli deb bo’lmaydi. Test savollari mukammal bo’lishi uchun, ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o’quv maqsadiga muvofiqligi; material ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to’kislik va uyg’unlik; o’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalashganligi; samaradorlik (kumulyativlik); til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik; vaqtning qat’iy belgilanishi; ixchamlik; murakkablik me’yori; to’g’ri javobda qo’shimcha belgilarining mavjud emasligi; variativlik; shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik.
Endi mazkur talablarni birma-bir qisqacha ko’rib chiqaylik.
1. O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikasiyalangan) o’quv maqsadlariga muvofiq bo’lishi lozim. O’quv maqsadlari majmui iyerarxik tuzilishiga ega. Shuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo’lmaydi. Har bir test savoli ma’lum bir o’quv maqsadining ro’yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o’quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni odatda cheklangan bo’ladi. Binobarin, to’g’ridan-to’g’ri qo’yilayotgan masalada barcha mavzular to’liq qamrab olinmagan bo’lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida xolatlarda qo’llashni nechoglik o’zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko’rsatadi.
3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo’lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan ma’lum, aniq javob berishni taqozo etadi.
4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko’rinadi.
5. To’kislik va uyg’unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
6. O’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalanganligi. O’quv materialining ma’lum bir tarkibiy qismiga oid o’zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bo’lgan test topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval o’zlashtirib olingan ma’lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Reproduktiv darajadagi testlarda esa, talaba oldin o’zlashtirilgan ma’lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan ma’lum bo’lgan qoida va algoritmlarga (yo’llanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash yo’lidan boradi.
Samarador bilimlar va ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma’lum umumiy uslublarni topshiriqda ko’rsatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qo’llash layoqatini sinaydi. Samarador bilimlar va ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, ma’lum qoidalarga ko’ra yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Ijodiy fikrlash darajasiga oid tuzilgan testlarda topshiriq umumiy holda bayon etiladi, maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan hatti-harakatlar va vaziyatlarni talaba ijodiy fikrlash natijasida aniqlaydi. Bunday test topshiriqlarni yechish jarayonida butunlay yangi axborot (qoida, xulosa, shakl va h.k.) yaratiladi.
7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki, zamonaviy kompyuter test tizimida talabaga navbatdagi test topshirig’i, avvalgisini qanday yechganiga qarab beriladi. Ya’ni avvalgi savolga noto’g’ri javobdan so’ng, unga nisbatan murakkab bo’lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Vaqtning qat’iy belgilanganligi. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o’ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo’lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo’yicha 65 sekund, til va adabiyot bo’yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi ma’lum bo’ldi.
9. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho’zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko’lamli o’quv savolini o’zlashtirishni aniqlash zarur bo’lgan hollarda, uni bir qancha ihcham test topshiriqlariga bo’lib tuzilgani ma’qul.
10. Til ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko’p ma’nolilik va noaniqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o’quv fani bo’yicha tajribali pedagog va ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.
11. Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo’lishi uchun, ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bo’lmasligi lozim. Natijasi yarmiga teng (Pq0,5) bo’lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o’quv materialini yaxshi o’zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko’rmagan talabani aniqlashni osonlashtiradi. Shuning uchun ham, abituriyentlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun test topshiriqlari o’quv dasturini to’liq o’rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo’lgan darajada tayyorlanadi. Demak, ma’lum bir yo’nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko’rsatkichdir. Shuni unutmaslik kerakki, o’z sinfi uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz ko’rsatkich maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu xaqda oldingi mavzuda bayon etilgan.
12. To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo’lsin, degan maqsadda to’g’ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
13. Variativlik. O’quv materialidagi ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan, lekin bitta o’quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o’quv maqsadiga erishish yo’lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). Shu bois kompyuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda kompyuter navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko’ra tanlaydi.
14. Shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san’at asarlarini o’rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg’un bo’lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi talablar asosida tuzish, o’qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik kurslarida o’qish va tegishli adabiyotlarni mustaqil o’zlashtirib borish zarur.
Test topshiriqlari tuzishga oid yuqoridagi talablarga rioya qilish, ularning talabalar bilimini haqqoniy va aniq o’lchash xususiyatlarini ta’minlaydi. Buning uchun test topshiriqlari tuzishda mutaxassis olimlar, fan o’qituvchisi, uslubchi, pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash zarur.
2. Test rejasini ishlab chiqish. O’quv fan bo’yicha test topshiriqlari tuzishni uning rejasini ishlab chiqishdan boshlash tavsiya qilinadi. Avval fan bo’yicha test topshiriqlarining umumiy soni belgilanadi. Tegishli kafedra bu masala bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda mazkur o’quv fanini o’rganishga ajratilgan umumiy soatlar soni va test tuzishga oid talablar hisobga olinadi. Darsxona mashg’ulotlarining hajmi katta bo’lgan kurslar uchun o’quv rejasi bo’yicha mazkur o’quv fani soatlaridan ko’proq test topshiriqlari sonini tanlash maqsadga muvofiq. Bu mashg’ulotlarning har bir o’quv soatiga testda 1-2 ta savol qo’yishga imkon beradi. Masalan, hajmi 144 soatlik o’quv faniga bir variant uchun 150-160 topshiriqni ishlab chiqish mumkin. Agar o’quv fanining soati ko’p bo’lmasa, (mas. 36 soat) test topshiriqlar sonini belgilashda, uning ishonchliligi bilan bog’liq bo’lgan fikrlarga asoslanib ish ko’riladi. Bunga asosan 50 topshiriqda ishonchlilik (bilimlarni o’lchash aniqligi) taxminan 0,7 bo’ladi, ishonchlilikni 0,9 ga yetkazish uchun topshiriqlar soni 130 ta bo’lishi kerak. Ishonchliligi 0,7 dan kam bo’lgan topshiriqlar yakuniy baholash uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun ham, yakuniy baholash uchun tuzilgan test topshiriqlarining soni eng kamida 50 ta bo’lishi qabul qilingan.

Bunday avtomatlashtirilgan qayta ishlash paketlari Excel matritsasidagi test natijalari ma'lumotlarini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish, hisoblash va natijalarni ko'rishning qulay usullarini taqdim etadi. Bu test natijalari bilan ishlashning tez, moslashtirilgan va nozik xatolar yuzaga kelishining oldini olishga yordam beradi.


Baholash deganda biz bolaning hozirgi yutuqlarini (muvaffaqiyatsizliklarini), oldingi yutuqlari (muvaffaqiyatsizliklari) bilan taqqoslash jarayonini va o’quv natijalarini amaldagi o’quv standartlari tomonidan belgilangan normalar bilan o’zaro bog’liqligini tushunamiz. Baholash mezonlari va shakllarini yaratish jarayoni o’quvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi va biz buni bolalarning qadr-qimmatini shakllantirishning bir usuli deb bilamiz. O’qitish jarayonida o’qituvchilar tomonidan qabul qilingan rasmiy va norasmiy baholash usullari to’plami “Formativ baholash” (shakllantiruvchi) deb nomlanadi. Bu o’qituvchilar tomonidan olib boriladigan o’quv jarayonining bir qismi bo„lib, o’quv va o’qitish usullarini o’zgartirish orqali o’quvchining tushunchasi va malakasini oshirishga qaratilgan. Formativ baholash o’qituvchilarga ham, o’quvchilarga ham o’quvchining faoliyati va o’rganishi to’g’risida to’g’ridan-to’g’ri va batavsil mulohazalar berishga harakat qiladi. Bu o’quv jarayonida o’quvchilarning ehtiyojlari va taraqqiyotni kuzatadigan doimiy jarayon. Formativ baholashnining asosiy vazifasi o’quv yili uchun qo’yilgan maqsadlarning bajarilishi yoki bajarilmaganligini aniqlash. Shuning uchun o’qituvchilar ham o’quvchilar ham o’quv yili davomida erishmoqchi bo’lgan o’quv maqsadlarni aniq bilishlari kerak. O’quv maqsadlari rasmiy shaklda o’qituvchi ish rejalarida aks etadi. Yoki o’qituvchi norasmiy shaklda o’quvchilar bilan birgalikda o’quv maqsadlarni aniqlab olishi mumkin bo’ladi. Formativ baho o’quvchilar ta’lim jarayonida faol rol o’ynashi kerak degan fikrdan boshlanadi. Formativ baholashda o’quv maqsadiga erishish uchun zarur bo’lgan qadamlar (mexanizmlar)aniq belgilanadi. Biroq bunga erishish uchun baholash yaxshi ishlab chiqilgan bo’lishi kerak. Bu jarayonda o„quvchilar orasida o„z-o„zini baholash va hamkorlik qilishga katta e’tibor qaratiladi va rag’batlantiriladi. Formativ baholash ko„rsatmalar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Formativ baholashning keng tarqalgan shakli bu diagnostik baholash. Diagnostik baholash o’quvning tegishli dasturini aniqlash maqsadida o’quvchining hozirgi bilim va ko’nikmalarini o’lchaydi. O’z-o’zini baholash bu o’quvchilarning o’zlarini baholashni o’z ichiga olgan diagnostik baholash shakli. O’qituvchilar o’quvchilar uchun eng foydali va ta'lim faoliyati uchun zarur bo’lgan shakllantiruvchi baholash turlarini yaratish va ulardan foydalanishlari kerak. Formativ baholar yakuniy baholarga ta'sir qilmaydi va bu o’quvchilarda materialni dastlabki assimilyatsiya qilishda muqarrar bo’lgan xatolardan qo’rqishni olib tashlashga imkon beradi. Muhim shart: baholash haqiqatan ham shakllantiruvchi bo’lishi uchun uning natijalari o’qituvchini o’qitishni to’g’irlash uchun ishlatishi kerak. Ular o’quvchiga yetkazilishi va rejalashtirish uchun ishlatilishi kerak. Nafaqat o’qituvchi, balki bola ham yaqin kelajakda nima ustida ishlashi kerakligini tasavvur qilishi kerak. Formativ baholash o’quvchilar summativ baholashni amalga oshirishdan oldin ko’rsatmalarni tushunib yetishlarini aniqlashga qaratiladi. Summativ va shakllantiruvchi baho ko’pincha o’quv sharoitida shunday ataladi o‘rganishni baholash va o‘rganish uchun baholash. Summativ baholash. Summative Assessment deganda o’quvchilarni baholash tushuniladi; bu natijaga qaratilgan. Bu ishtirokchilarga vaqti-vaqti bilan, odatda kurs, muddat yoki bo’lim yakunlanganda beriladigan baholash jarayoning bir qismidir. Maqsad -o’quvchilarning bilimlarini tekshirish, yani ular o’zlari o’rgatgan materialni qay darajada o’rganganliklarini tekshirish. Summativ baholash dars yoki dastur samaradorligini baholashga intiladi, o’quv jarayonini tekshiradi va hakozo. O’quv dasturining sifatini ko’rsatadigan va maktablarda reyting uchun asos yaratadigan ko’rsatkichlar sifatida olingan ballar, ballar yoki foizlar.
Shu o’rinda formativ hamda summativ baholashni bir-biridan farqli tomonlarini ko’rib chiqamiz. Formativ va summativ baholashning asosiy farqlari.
1. Formativ baholash o’quv jarayonida talab qilinadigan ma’lumotlarni taqdim etadigan, o’qitishni moslashtiradigan turli xil baholash tartib-qoidalarini anglatadi. Summativ baho o„quvchilarning bilimini baholash standarti sifatida belgilangan.
2. Formativ baholash diagnostik xususiyatga ega, Summativ baho esa baholovchi hisoblanadi.
3. Formativ baholash-bu o’rganish uchun baholash, Summativ baholash- bu ta‟limni baholash.
4. Formativ baholash oylik yoki chorakda doimiy ravishda amalga oshiriladi. Boshqa tomondan, Summativ baholash faqat kurs tugaganidan so’ng ma’lum vaqt oralig„ida amalga oshiriladi.
5. Formativ baho o’quvchilarning bilimini oshirish uchun o’tkaziladi. Aksincha Summmativ baho o’quvchilar faoliyatini baholash uchun o’tkaziladi.
6. Formativ baho o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish uchun qabul qilingan. Summmativ baholashdan farqli o’laroq o’quvchilar bilimini baholashga qaratilgan.
7. Formativ baholash baholari summatifik bahodan kam, chunki FAda olingan baholar o’quvchining tushunarli ekanligi haqida SA ning baholari o’quvchilarning ko’tarilishi yoki ko’tarilmasligini belgilaydi.
Test rejasi ishlab chiqilgandan keyin, talabalarning tegishli o’quv fanni o’rganish natijasida, ular oladigan bilimlarni egallashga va ko’nikma hosil qilishga oid talablarni shakllantiriladi. Bu talablar odatda o’quv fani bo’yicha ishchi dasturning «fanning maqsad va vazifalari» bo’limida yoziladi. Test topshiriqlari talab etiladigan bilimlar, ko’nikmalarni egallash darajasini to’la-to’kis aniqlashi kerak. Buning uchun test topshiriqlarida aks ettirilishi zarur bo’lgan muayyan masalalar ro’yxati (test spesifikasiyasi) ishlab chiqiladi. Masalan:
A - ta’riflay olishni bilish;
B - qonunlar, formulalar, tamoyillarni bilish;
V - masalalar yechishda qonunlar, formulalarni qo’llashni bilish;
G - o’xshashlik va tafovutni topishni bilish;
D - sxema va grafiklarni o’qishni bilish;
Ye - apparatlar (texnik moslamalar)ning tuzilishi va ishlatish qoidalarini bilish;
J- EHM qo’llab matematik modellar va eng maqbul hisob-kitob uslublaridan foydalanishni bilish;
Z - oldindan tanish bo’lgan sharoitda qaror qabul qila olish (bemorga tashhis qo’yish, mashinani texnik holati to’g’risida axborot berish, mavjud ma’lumotlar asosida boshqarishni bilish va h.k) va boshqalar.
O’z-o’zidan ravshanki, keltirilgan ro’yxat universal xarakterga ega emas, u har bir o’quv fanining o’ziga xosligi asosida tuziladi. Masalan: chet tillar bo’yicha jumla tuzish kabi elementlar; tarixdan muhim voqyealar, atoqli arboblarning ismi-shariflari, jamiyat rivojlanishining izchilligi kabi elementlarni o’z ichiga oladi.

Har bir bilim va ko’nikmani tekshirishga test topshiriqlarining muayyan foizi ajratilishi zarur. Test rejasini ishlab chiqishda bu g’oyat muhim ishdir, test validligi, ya’ni uning o’quv dasturiga muvofiqligi ko’p jihatdan ana shunga bog’liq bo’ladi.

Bu masala bo’yicha, test ishlab chiquvchilar o’quv fanining ishchi o’quv dasturini tahlil qilish asosida muayyan bir fikrga kelishlari mumkin. So’ngra qabul qilingan topshiriqlar sonini o’quv fani bo’limlari va o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlanadi. 8-9 jadvallarda 120 ta topshiriqni o’quv fanining 4 ta bo’limi va o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlash misol keltirilgan.
Bunday rejani ishlab chiqish test validligiga, uning o’quv dasturi mazmuniga muvofiqligi va talabalar olgan bilim, ko’nikma va malakalarining puxta bo’lishini kafolatlaydi. Testning umumiy rejasi ishlab chiqilgandan so’ng, topshiriqlarni tanlash va tuzish - eng mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, bu vazifa odatda kurs bo’yicha bir necha marta dars bergan va test bo’yicha talabalar bilimini sinab ko’rgan eng tajribalar o’qituvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.



Yüklə 110,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin