T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188
Mutaxassislikka kirish

chizmalarga 
vana 
korrektivlar kiritiladi) liujjatlarga yana «01», «02», « 0 3 » literalari 
beriladi.
Qayta ko‘rib chiqilgan chizm alar asosida tajriba (Litera «А») va 
nazorat (Litera «В») seriyalari chiqariladi.
Yuqori ishonchli va yuqori unumli konstruksiyani yaratish 
uchun osonlashtirish va standartlashtirish yo'lidan borgan maqsadga 
muvofiqdir. Konstruksiya qanchalik oddiy, kam sonli va kam 
oicham li qismlardan tashkil topsa, mashinaning potensial chidamliligi 
shunchalik yuqoridir. Seriyalab ishlab chiqariladigan standart yig‘ish 
birliklari va qismlarning keng qollanilishi (podshipniklar, reduktorlar, 
kardan vallari, yurishni sekinlashtirgichlar, chig‘irlar, gidrodvigitellar, 
gidrosilindr va boshqalar) mashina chidamliligini oshiradi, chunki 
ularning muddatidan ilgari ishdan chiqish ehtimoli kamdir. Shuning 
bilan birgalikda mashinaning narxi ham arzonlashadi, sababi sotib 
olinayotgan va seriyalab chiqarilayotgan narsalarning ko‘tara narxi 
odatda yangi loyihalanib ishlab chiqarilayotganlariga nisbatan ancha 
pastdir.
Soha bo‘vicha tayyorlash - ishchi qismlar va alohida yig‘ish 
birliklari uchun m aqsadga muvofiqdir. Qolgan boshqa holatlarda 
m axsus ishlab chiqarish korxonalarining 
imifikatsiyalangan va
standartlashtirilgan
yig‘ish birliklari qollanilishi kerak.
Standartlash 
- tajriba-konstruktorlik 
ishlarini 
bajarishga, 
m ashinalarni tayyorlash va ishlatishga qo‘yiladigan norma (me’yor) 
va talablardir. Standart - nusxa, etalon, model boTib, asos uchun 
qabul qilingandir va u o‘ziga o‘xshash obyektlarni solishtirish uchun 
xizm at qiladi. Standartlar ishlab chiqarishning barcha sohalarini
159


qamrab olgan bo'lib, ishlab chiqarilgan m ahsulot ishini va texnik 
hujjatlarning ba’zilarini reglamentlaydi.
Unifikatsiya 
- bir xil funksional m aqsadda qoilaniluvchi ayrim
ko'rinishdagi qismlar tipi, xili, forma va o‘lchamlarini ratsional 
qisqartirishdir. Unifikatsiyalangan qatordagi narsalar bir-biridan 
bosh param etriari bilan farqianadi.
A g reg atlash - mashina, uskunalarni hosil qilish usuli bo'lib, 
seriyalab chiqariladigan va ko'p m arotaba aylantirib ishlatiladigan 
unifikatsiyalangan yig'ish birliklari va qism iam i kompanovkalash 
y o ii 
bilan 
yuzaga 
keltiriladi. 
Unifikatsiyalangan 
narsalar 
unifikatsiyalangan m ashinalar qatori, turkum i va tizim i ichida o'zaro 
alm ashinishni ta’minlaydi.
M ashinalar 
tipaji
quyidagilarni hisobga oladi: yangi m ashinalarni 
joriy qilish istiqbol rejalari va eskilarini takom ililashtirish, 
m ashinalarning ilmiy asoslangan yangi rivojlanish tendensiyalari (ish 
jarayonini jadallashtirish, istiqbolli energiya m anbalarini joriy etish 
va shu kabilar); chidam lilik va uzoq muddatlilik; texnika xavfsizligi 
va 
sanoat estetikasi
masalalari; standartlash va unifikatsiyalash 
talablari; avtomat sistemali boshqarish va nazorat qilishni joriy 
qilish, unifikatsiyalangan yig'ish birliklarini hosil qilishda 
modvl
prinsipidan
foydalanish va hokazolar.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin