T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
Tanyach iboralar: 
san’at; xalqaro tajriba; salmoqli so’z va dalda; noqulay holat va salbiy 
ruhiy ta’sir; ko’z yugurtirish; peshona; yuzi bo’yicha ko’z yugurtirish; 
jiddiy qarash; o’tirish; uyg’unlik joyi; tajanglik va madaniyatsizlik; harakat 
va imo–ishoralar. 
 
Nazorat savollari: 
1. Xalqaro tajribada shakllangan suhbatdoshning yuziga qarash 
turlarini aytib bering. 
2. Bir–birlarining yuziga qarab suhbatlashish qanday ahamiyatga 
ega? 
3. Suhbatdoshning yuziga, uni noqulay holatga solmaslik uchun, 
qanday qarash kerak? 


64 
4. Bir guruh suhbatdoshlarning yuziga birdagina qarash usulidan 
qaysi vaziyatlarda foydalaniladi va uning samarasi nimadan iborat? 
5. Kundalik uchrashuvlarda suhbatdosh yuziga qarashning qaysi 
usulidan foydalaniladi? 
6. Jiddiy, ya’ni yaqin o’ta tikilib qarash usulini nima uchun biznes
faoliyatida qo’llash mumkin emas? 
7. Suhbat stoli atrofida suhbatga kelgan kishilar qanday o’tirishlari 
kerak? 
8. Suhbatdoshning gapini tinglashga qanday etiket qoidalari 
qo’yiladi? 
9. Suhbat davridagi, gavda, qo’l panjalar va qo’zlar yordamida 
qilinadigan xarakatlarning mazmunini bilasizmi, bilsangiz aytib bering? 
10. Xayrlashish etiket qoidalariga ko’ra mehmonlar qanday kuzatilib 
qo’yilishi kerak? 
8.3. Suhbat uchun qulay va ishonchli sharoitni yaratish
 
 
Suhbatning 
muvaffaqiyatli 
borishida 
va 
tugashida 
uning 
tashkilotchilari tomonidan suhbatdoshlar uchun qulay va ishonchli 
sharoitlarning yaratilishi o’ta katta ahamiyatga ega. Bunday sharoitni 
yaratishda suhbat ishtirokchilari psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan 
omillar bartaraf qilinishi va ijobiy ta’sir qiladigan sharoit yaratilishi lozim. 
Suhbat qatnashchilari psixikasiga suhbat o’tkaziladigan xonaning estetik 
bezatilishi katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan ham suhbat va yig’ilishlar 
nafis bezatilgan va bugungi kun dizayni talablariga to’liq javob beradigan 
xonalarda tashkil qilinishi kerak. Bundan tashqari xona keng va shipi 
baland bo’lishi lozim. Past shipli korxonada odam o’zini xona shipi ustiga 
tushib ketayotgandek his qiladi. 
Ishlash uchun qulay va bir–birlariga ishonchli sharoitni yaratishda, 
bundan oldin ta’kidlanganidek, suhbatdoshlar chehrasidagi tabassumning 
ahamiyati ham o’ta katta. Chehradagi tabassum odam qalbining ishonchli 
ko’zgusi bo’lib, suhbatdosh ko’nglining ochiqligini, beg’arazligini va 
uning sohibining xursandligini bildiradi. Suhbatning ijobiy o’tishiga 
tabassumdan tashqari boshqa hyech qanday omil ijobiy ta’sir 
ko’rsataolmaydi. Lekin hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, 
tabassum miyig’idan ko’lishga almashtirilmasligi kerak, chunki butun 
dunyo xalqlari tasavvurida u qalbda yomon iz qoldiradigan omil 
hisoblanadi va shu sababli ham amaldagi etiket qoidalariga ko’ra 


65 
miyig’ida kulish boshqalarga nisbatan behurmatlik va ularning ustidan 
kulish belgisi deb qaraladi. 
Amaldagi 
xalqaro 
tajriba 
shuni 
ko’rsatadiki, 
suhbat 
ishtirokchilarining kayfiyatini yaxshilash va suhbatning ijobiy o’tishiga 
suhbat yoki tanaffus vaqtida mehmonlarga kofe, choy, meva sharbatlari 
yoki mineral suvlarni taklif qilish ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bundan 
tashqari bu mehmondorchilik elmenti ham hisoblanadi. 
Ishonchli va suhbat uchun qo’lay sharoitni yuzaga chiqarishda 
munosabatga tushish vositalaridan to’g’ri foydalanishning ham ahamiyati 
o’ta katta. Suhbatdoshga o’z fikrlarini yetkazishda adabiy o’zbek tilining 
suhbatdoshlar qulog’iga yoqadigan ma’noli va chiroyli so’zlaridan 
foydalanish kerak. Umuman, suhbat davridagi muloqot xushmuomalalik 
etiket talablari asosida borishi shart. Suhbat davrida hyech qanday 
qo’pollikka o’rin bo’lmasligi kerak. Etiket talablariga ko’ra suhbat davrida 
sodir bo’lish mumkin bo’lgan negativ ta’sirning oldini olish maqsadida 
faqat yengil darajadagi kayfiyatni ko’taradigan neytral hazillarga ruxsat 
beriladi. 
Suhbat davrida yaxshi atmosferaning shakllanishida hozirgi xalqaro 
etiket qoidalariga ko’ra tengqurlarning muloqot qilishida murojaat 
qilishning “sen” shaklidan foydalanish tavsiya qilinadi, chunki murojaat 
qilishning ushbu shaklidan foydalanish tengqurlarni bir–birlariga yanada 
yaqinlashtiradi va suhbatning ijobiy borishiga imkon tug’diradi. 
Qulay va ishonchli sharoitlarni yaratishda amalda shakllangan imo–
ishoralardan to’g’ri foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 
suhbatning boshlanishida yoki kechish jarayonida suhbatdoshlar 
tomonidan galstuklarni bo’shatib, kostyum tugmalarining yechib yoki 
kostyumni umuman yechib qo’yilishi suhbatning erkin borishidan, 
kostyum tugmalarining o’tkazilgan holda turishi esa suhbatning 
rasmiyligidan darak beradi. 
Nafaqat suhbat sharoiti ishonchli, suhbat mavzusi predmeti ham 
ishonchli bo’lishi shart. Uning uchun suhbat davrida o’z fikrlarini 
tasdiqlaydigan ma’lumot va dalillardan hamda ularni namoyish qilish 
texnik vositalaridan ham foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Suhbat davrida suhbatdoshlarning asabiga tegadigan omillar 
bo’lmasligi uchun mobil telefonlar o’chirilib qo’yilishi lozim. 


66 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin