T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar:
birinchi tasavvur va imij; salmoqli va ishonchli so’zlar; minnatdorchilik, 
ochiq chehra; jonli va serg’ayrat harakat; tashqi qiyofa. 
Nazorat savollari: 
 
1.
Biznesmen ishi va faoliyati nimaga bog’liq? 
2.
Ijobiy taassurot qoldirish qoidalarining birinchi guruhini nimalar 
tashkil qiladi? 
3.
Ijobiy tasavvur qoldirishda ochiq chehra va tabassum bilan kulib 
gapirishning qanday ahamiyati bor? 
4.
Birinchi ijobiy tasavvurning shakllanishida shinam va dadil qadam 
tashlashning ahamiyatini aytib bering? 
5.
Birinchi ijobiy tasavvurning shakllanishida biznesmenning tashqi 
qiyofasi qanday ahamiyatga ega? 
3.3. Biznesmenlar imijiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar
Insonga, ayniqsa yoshlarga xos shunday xususiyatlar borki, u 
keraklisiga ko’ra keraksiz ma’lumotlarni o’ziga juda ham tez qabul 
qilishadi. Vaqtning o’tishi bilan ular odatga aylanib boradi. Buni odam 
sezmay ham qoladi. Bunday odatlar sohibiga sezdirmasdan o’zlarini 
boshqalarga doimo ko’z–ko’z qilib turadi. Agar biznesmenlarda bunday 
odatlar shakllangan bo’lsa, ularning hamkor va boshqa suhbatdoshlari 
oldida ijobiy taassurot qoldirish bo’yicha barcha harakatlarini puchga 
chiqaradi. 
Imijni shakllantiruvchi va ijobiy taassurot qoldirish yo’llari yuqorida 
ko’rsatilgan qoidalarga rioya qilish bilan bir qatorda mumkin qadar yomon 
odatlarni namoyon qilmaslikka harakat qilishni talab qiladi. Bunday 
yomon odatlar quyidagilarga o’xshaganlardan iborat: vaziyatlarni hisobga 
olmasdan har xil gaplarni gapiraverish, ko’cha va jargon so’zlarni 
ishlatish, doimo miyig’idan kulaverish, yonida o’tirganlarga va 
suhbatdoshlarga qo’li bilan teginaverish, qo’lini doimo cho’ntakka solib 
yurish, saqqich chaynash, dazmollanmagan kiyimlarda va tozalanmagan 
tuflida yurish, ish va suhbatlarga sport kiyimlarini kiyib kelish, to’xtovsiz 
sigaret chekish, ertalabdan pivo yoki aroq ichib ishga kelish, tish va og’iz 
bo’shliqlarini tozalamaslik va boshqalar. Shunday salbiy omillarning 
oldini olishga imkon beradigan ba’zi bir tavsiyalarni ko’rib chiqamiz. 


18 
Aksariyat kishilarning so’z boyligi, imo–ishoralari va gapirish usuli 
ota–ona, o’rtoqlari, tengqurlari va ko’cha ta’sirida shakllanadi. Har qanday 
odam ham qandaydir darajada atrof–muhit mahsuloti hisoblanadi. Shu 
boisdan ham hamkor va boshqalar bilan bo’ladigan suhbatlarda, 
birinchidan, vaziyatni hisobga olgan holda kerakli so’z va gaplarni tanlab 
gapirish, so’zlarning oxirini “yutmasdan” aniq va ravon talaffuz qilish, 
ikkinchidan, ko’cha va jargon so’zlarni ishlatmaslik lozim, chunki ko’cha 
va jargon so’zlarning ishlatilishi biznesmenning madaniyati pastligidan 
darak beradi va imijini pasaytirib yuboradi. 
Ba’zi bir kishilar juda ham ko’p kulishadi albatta, kulgi insonga xos 
yaxshi fazilatlardan biri. Lekin kulish ham har xil bo’ladi. O’z mavridida 
tabassumli kulish odamlarga malham beradi, kayfiyatini ko’taradi, 
suhbatning ijobiy borish garovi hisoblanadi. Lekin ba’zi bir kishilar borki, 
insonlar qalbida nafrat o’yg’otadi. Bunga miyig’idan bo’lar bo’lmasga 
kulaverishi misol bo’ladi. Aksariyat kishilar bunday kulgi turiga ustidan 
mazax qilish deb qaraydi. Shu sababli ham suhbat davrida miyig’ida kulish 
odati bor kishilar o’zlarini kulgidan tiyganlari yaxshiroq bo’ladi.
Darslikning bundan keyingi mavzularida biznesmenlarning tashqi 
qiyofasiga qo’yiladigan talablar batafsil ko’rilib chiqiladi. Lekin bu yerda 
shuni ta’kidlash kerakki, biznesmenning tashqi qiyofasi uning mavqyeiga 
ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’z qaddi–qomatiga, 
yuz – tuzilishiga yarashmagan, dazmollanmagan kiyimlarni kiyish, 
tozalanmagan oyoq kiyimlarida yurish, soqol–mo’ylovlari va sochlarini 
olmaslik, taramaslik, kattaligi, rangi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha 
o’ziga yarashmagan taqinchoqlarni taqib yurish, ayol biznesmenlar uchun 
esa tizzasidan baland yubka, o’ta tiniq materiallardan tikilgan va tor 
ko’ynak va yubkalarni kiyib yurish va shunga o’xshagan etiket qoidalariga 
zid harakatlari biznesmenlar to’g’risida yomon ta’ssurot qoldiradi va 
ularning imijiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Saqich chaynash odamlar o’rtasida eng keng tarqalgan salbiy 
odatlardan biri hisoblanadi. Afsuski, bunday odat bugungi kunda 
ko’pchilik biznesmenlarga ham xos. Lekin saqich chaynamang deb aytish 
mumkin emas. Faqat shuni hisobga olish kerakki, ish va suhbat davrida 
saqich chaynash xalqaro tajribada malaka va madaniyat pastligining 
belgisi deb qaraladi. Saqich chaynamasdan turaolmaydigan kishilar ishdan 
keyin ertalabgacha chaynayverish mumkin. 
Xalqaro etiket qoidalariga ko’ra biznesmenlar suhbat davrida o’z 
qo’llarini stol ostida ushlashlari kerak. Lekin ko’pchiligimizda shunday 
odat shakllanganki, qo’llarimizni stol tagida emas, cho’ntakda ushlaymiz. 


19 
Angliyada etiket sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatganki, 
qo’li cho’ntagida bo’lgan kishilar to’g’risida faqat quyidagicha salbiy 
natija olingan: bunday odamlar hamma gaplarni aytmaydigan yoki 
pastkash insonlar deb hisoblanadi. Eng yaxshisi, qo’lni stol tagida yoki 
ustida ochiq saqlagan yaxshi. 
Birinchi uchrashuv va tanishuvlarda boshqalarga teginishning yagona 
shakli qo’l berib ko’rishish hisoblanadi. Boshqa vaziyatlarda teginish (qo’l 
bilan yelkalariga qoqib qo’yish, tirsak bilan urish, chimchilash, umuman 
qo’l bilan teginish) o’ta madaniyatsizlik va shilqimlik belgisi deb qaraladi. 
Eng yaxshisi, bunday odatlarni esdan chiqarish kerak. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin