23
4.3. Erkak biznesmenlar ish kiyimlari
4.3.1. Ish kostyumi va uning kiyilishiga qo’yiladigan talablar
Biznes sohasida to’plangan tajriba shuni ko’rsatadiki, aksariyat
biznes korxonalarida maxsus ish kiyimlari joriy etiladi.
Erkak
biznesmenlar uchun asosiy shaxsiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. U har
kuni ishga va tantanali vaziyatlarda kiyiladiganlarga bo’linadi.
Kostyum materialiga, rangiga, sifatiga va kiyilishiga qatiy talablar
qo’yiladi. Biznesmenlar albatta ularga rioya qilishlari lozim : kostyum juda
ham
sifatli,
g’ijimlanmaydigan, rangi bo’yicha ko’zga
yaqqol
tashlanmaydigan va atrofdagilarning diqqatini tortmaydigan bo’lishi kerak.
Bunday talablarga to’q - ko’k, to’q - kulrang va kulrangli jun gazlamasi va
gabardin javob beradi.
Yuqori imijga ega bo’lgan biznesmenning almashtirib kiyishi uchun
eng kamida uchta kostyumi bo’lishi lozim. Ulardan biri albatta yoz vaqti
uchun mo’ljallangan bo’lishi lozim. Biznesni endi boshlaydigan va hali
mablag’i uncha ko’p bo’lmagan biznesmenning hyech bo’lmaganda
bitta
sifatli kostyumi bo’lishi shart.
Biznesmenlar kostyumi bir yoki ikki bortli bo’lishi mumkin. Bir
bortlisi amerikacha, ikki bortlisi esa yevropacha kostyum deb yuritiladi.
Bir bortli kostyumda tugmalari bir tomoniga,
ikki bortlida esa ikki
tomoniga ham qadalgan bo’ladi. Bir bortli kostyum klassik ahamiyat kasb
etsa, ikki bortli kostyum esa uning sohibi to’g’risida modali biznesmen
imijini shakllantiradi.
Qaysi kostyum tanlanishidan qat’iy nazar, biznesmenning ko’chada
yurishida, bir joyda kostyumda turishida ish davrida va boshqa
vaziyatlarda uning ma’lum bir tugmalari o’tkazilgan bo’lish kerak.
Kostyumda yurganda yoki bir joyda oyoqda
turganda ikki tugmali bir
bortli amerikacha kostyumning yuqori, uch tugmali komtyumning esa
o’rtadagi tugmasi o’tkazilgan bo’lishi lozim.
Ikki bortli yevropacha
kostyumning esa hamma tugmalari o’tkazilgan bo’lishi shart. Barcha
rasmiy vaziyatlarda, prezidiumga chiqib o’tirganda, doklad qilishda (turli
maqsadlarda),
teatr,
mehmondorchilik
va
restoranda
o’tirganda,
kostyumning borti nechta bo’lishidan qat’iy nazar,
uning yuqori tugmasi
o’tkazilgan bo’lishi lozim. Kresloda o’tirib ishlashda yoki ovqatlanish
davrida (restorandan tashqari) kundalik kostyumning tugmasi o’tkazib
qo’yilmasligi ham mumkin. Issiq iqlim sharoitida yoz paytida, shu
jumladan O’zbekiston
sharoitida kostyum yechilib, ilgakka osilib
qo’yilishi ham mumkin.
24
Biznesmen kostyumi nimcha (jiletka) bilan ham kiyiladi. Nimchali
(jiletkali) kostyum uchtalik yoki troyka deb nomlanadi. Agar kostyum jilet
bilan kiyiladigan bo’lsa, jilet o’zining uzunligi bo’yicha ko’ynakni va shim
kamarini to’liq yopib turgan bo’lishi shart.
Erkak biznesmenlarning kundalik kostyumi albatta ko’ynak,
galstuk
va tufli bilan kiyiladi. Ularni tanlash va kiyishga ham qator talablar
qo’yilgan. Biznesmenlar o’z faoliyatida bu talablarga ham qat’iy rioya
qilishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: